Abulabbos Tusiy Fazl Ibn Sulaymon (VIII asr) – xalifalikning Xuroson va Seyistondagi noibi (782-786-yillar), amir, Abu Muslim safdoshi. Movarounnahr ham uning nazoratida boʻlgan. Abulabbos Tusiy koʻchmanchi qabilalar hujumidan saqlanish uchun Buxoro bilan Sugʻd oraligʻida devor qurdirgan. Har bir farsaxga (1 farsax – 6-7 km ga teng) bittadan darvoza, har yarim mil masofada bittadan mustahkam minora barpo etgan. Baʼzi manbalarda (Masʼudiy) Abulabbos Tusiy Buxoroning vayron boʻlgan devorlarini tiklagan, deb yoziladi. Abulabbos Tusiy mamlakat obodonchiligi yoʻlida koʻp ishlarni amalga oshirgan. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Abulabbos Tusiy Fazl ibn Sulaymon · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.