Rahim Olimjonov (1913-yil, 7-oktyabr — Toshkent — 1985.17.2) — entomolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), biologiya fanlari doktori (1949), professor (1950). Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1934). Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1935 — 37). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya sektori ilmiy xodimi (1939—40). Botanika va zoologiya instituti direktori oʻrinbosari (J941-44). UzDU rektori (1950-55). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya instituti entomologiya laboratoriya mudiri (1956—72), shu institut direktori (1958— 61), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti entomologiya kafedrasi mudiri (1972— 81). Ilmiy asarlari gʻoʻza, beda va boshqa ekinlar zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralariga bagʻishlangan. Entomologiya darsligini tuzgan (1977).

Manbalar Pochvoobitayushiye i pripochvennie formi nasekomix oroshayemix zemel Oʻzbekistona. T., 1972; Formirovaniye vrednoy entomofauni xlopchatnika i lyuserni v Karshinskoy stepi, T., 1974.

Turkum:1913-yilda tugʻilganlar Turkum:10-iyulda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda vafot etganlar Turkum:17-fevralda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari Turkum:Oʻzbekiston olimlari