Seytumer Osmanovich Osmanov (1907.20.12—2008) — biolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Biologiya fanlari doktori (1969). Simferopol pedagogika institutini tugatgan (1933). Chelyabinsk pedagogika instituti zoologiya kafedrasi dotsenti va mudiri (1938—1940), Sevastopol biologiya stansiyasida katta ilmiy xodim (1940— 41), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—1944), Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti zoologiya kafedrasi dotsenti va mudiri (1944—1950), Iqtisodiyot va madaniyat institutida katta ilmiy xodim (1950—1957), Kompleks ilmiy tadqiqot instituti baliqchilik laboratoriya mudiri (1957—1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali zoologiya va parazitologiya sektori boshligʻi (1958—1959), parazitologiya laboratoriya mudiri (1959-yildan). Ilmiy ishlari baliqlar parazitlari ekologiyasi, sistema-tikasi, biologiyasi va zoogeografiyasiga bagʻishlangan.
Manbalar Paraziti rib Oʻzbekistona, T., 1971.
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:1907-yilda tugʻilganlar Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:Qrim-tatarlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Qrim partizanlari Turkum:Biologiya fanlari doktorlari Turkum:1938-yilda tugʻilganlar Turkum:1940-yilda vafot etganlar