thumb|555x555px|O‘tkir gematogen osteomielitda infeksiyaning tarqalishi, a-suyak iligi abssessi, b -suyak usti qavati abssessi, v-g suyak to'qimasining total yiringlab keng mushaklar aro flegmonaga aylanishi, d-flegmona o'zi yorilib oqma hosil bo'lishi. Osteomiyelit (osteo… va yunoncha: myeolos — magʻiz, koʻmik) — koʻmikning yalligʻlanishi. Bunda yalligʻlanish jarayoni hech qachon koʻmik bilan cheklanmay, suyakning qattiq (kompakt) qismiga va pardasi (periost)ga tarqaladi (qarang Periostit). O. koʻpincha, odam skeleti gʻovak suyaklarining boʻgʻimga yaqin joyida uchraydi. Yiringlatuvchi mikroblar (stafilokokk, streptokokk) koʻpincha O.ga (nospetsifik O.) sabab boʻladi. Mikroblar suyak toʻqimasiga uzoqdagi yiring oʻchogʻidan, mas, chipqondan, anginada yalligʻlangan murtak bezlaridan, yangi tugʻilgan bolalarda infeksiya tushgan kindikdan qon oqimi bilan (gematogen yoʻl bilan) kelishi mumkin. O. sil, zaxm kasalliklari oqibatida ham paydo boʻladi (spetsifik O.).

O.ning oʻtkir va surunkali turlari bor. Oʻtkir gematogen O., odatda, 8—17 yoshda roʻy beradi. Koʻpincha badan sovqotgach yoki lat yegach, toʻsatdan boshlanadi. Bemor junjib, temperaturasi 39—40° gacha koʻtariladi, pulsi tezlashadi, koʻz oddi qorongʻilashadi, uxlay olmaydi, alahlaydi. Soʻngra yalligʻlangan suyak ogʻriy-di, ustidagi teri shishib, qizaradi. Yiring yorib chiqqanda temperatura pasayadi, bemorning ahvoli axshilanadi. O. oqiba-tida yiringli artrit rivojlanishi, suyak sinishi, sepsis paydo boʻlishi mumkin. Qonda leykotsitlar koʻpayadi.

Surunkali O., koʻpincha, oʻtkir O.dan (yiring yorib chiqqandan keyin) rivojlanib, yiring chiqadigan teshik hosil boʻladi. Yiring bemalol chiqib turganda temperatura normal boʻlib, asosan, kechasi yoki obhavo oʻzgarganda, jismo-niy ish vaqtida ogʻriq seziladi. Yiring teshigi qisqa vaqt berkilib turganda isitma chiqadi, ogʻriq kuchayadi, yalligʻlangan suyak ustidagi teri boʻrta-di (O.ning zoʻriqishi). Soʻngra yiring teshigi yana ochilib qoladi. O.ni vrach davolaydiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Etiologiyasi va patogenezi. thumb|555x555px|O‘tkir gematogen osteomielitning rentgen tasviri. Osteomiyelit qoʻzgʻatuvchisi koʻpincha tillarang stafilokokk (60-80 foiz), streptokokk (5-30 foiz), kamroq enterobakteriya va aralash mikrofloradir (10-15 foiz). Bolalar va oʻsmirlarda yalligʻlanish koʻpincha infeksiya gematogen yoʻl bilan uzun naysimon suyaklarga tushib qolganda rivojlanadi. Bunday hollarda osteomiyelit kapillyar turlariga boy va qon oqishi sekin boigan suyakning oʻsuvchi zonasida-metafizda paydo boʻladi. Kapillyarlarda mikroblar toʻplangani va tromblar paydo boʻlgani kuzatiladi. Stafilokokk infeksiya uchun mikroblaming gʻuj boʻlib toʻdalanishi xosdir, bu mikroblar darhol kapillyarlarni tiqinlab bekitib tashlaydi. Suyaklar ochiq singanda mikroblar toʻqimalarning toʻgʻridan-toʻgʻri kasal yuqtirishi yoki suyakning jarohatlanishi (oʻq tegib sinishi, yumshoq toʻqimalarning keng koʻlamda jarohatlanishi) natijasida ilikka ekzogen yoʻl bilan oʻtadi. Yalligʻlanish natijasida suyak ustki pardasining qon

tomirlarida tromboz paydo boʻladi. Keyinchalik infeksiya gavers kanallari orqali ilikka tushadi, buning oqibatida osteomiyelit avj oladi. Mikroorganizmlar ilikka qoʻshni yoki olisdagi yiringlash oʻchogʻidan oʻtganda yalligʻlanish jarayoni endogen yoʻl bilan ham paydo boʻlishi mumkin. Masalan, pastki jagʻ oʻtkir osteomiyeliti odatda tishlar chiriganda. yoki tishlar atrofidagi toʻqimalar yalligʻlanganda (periodontit) roʻy beradi. Suyaklarda qon aylanishining anatomik va frziologik xususiyatlari kasallikni avj oldiruvchi omillarga oiddir. Suyak diafizlari uchun qon aylanishining asosiy tarmoq turi xos boʻlsa, metaepiflzlarda qon tomirlar mikroblar oʻtiradigan (emboliya nazariyasi) sirtmoq hosil qiladi, mikroblaming oʻmashib olishiga davom etuvchi qon tomiri sirtmogʻining kengayishi ham imkon tugʻdiradi. Suyak epifizlari boʻgʻim kapsulasi bilan tigʻiz birikkan, shuning uchun yalligʻlanish boʻgʻimdan metafizga va

aksincha, metafizdan boʻgʻimga osongina oʻta oladi. Osteomiyelitning rivojlanishida immunologik omillar va organizmning reaktivligi katta rol oʻynaydi. N. N. Yelanskiy yalligʻlanishning avj olishida tomir spazmining ahamiyatini alohida taʼkidlaydi. S.M. Derijanovaning tadqiqotlari osteomiyelit faqat taʼsirotga sezgir boʻlib qolgan (sensibilizatsiya) individuumlardagina taraqqiy etishini koʻrsatdi. Organizm sensibilizatsiyasi va hatto aseptik yalligʻlanish mavjud boʻlgan taqdirda ham oqsilning parchalanishini keltirib chiqarishi mumkin. Osteomiyelitning rivojlanishiga imkon yaratadigan boshqa omillardan gipovitaminozlarni, organizm qattiq charchashini, oʻtkir yuqumli kasalliklarni koʻrsatib oʻtish lozim.

Patologik-anatomik manzarasi. Infeksiya ilikka tushgan zardobli yalligʻlanish avj olib, geperemiya va ilik shishi bilan birga kechadi. Zardobli yalligʻlanish toʻqima nekrozi va flegmonaning rivojlanishi bilan

murakkablashishi mumkin. Yiringli infeksiya Gavers kanallari orqali suyakning koʻmik qatlamiga oʻtadi va suyak ustki pardasining yiringli infiltratsiyasini keltirib chiqaradi. Koʻpincha suyak ustki pardasining osti abssesslari paydo boʻlib, suyakning kortikal qavati sohasida yemirilish yuz beradi. Gavers kanallari sohasidagi qon tomirlari trombozi bilan bogʻliq holda

suyakning koʻmik qatlami zonasida qon aylanishining buzilishi davom etadi, bu esa keng koʻlamda suyak nekrozlarining rivojlanishiga va mayda suyak parchalari (sekvestrlar) paydo boʻlishiga olib keladi. Sekvestratsiya (mayda-mayda suyak parchalarining ajralib chiqishi)ning ayrim hollarida naysimon (ilikli) suyakning bitta yoki ikkala epifizi, baʼzan esa epifizning birinchisidan to boshqasigacha boʻlgan suyakning hammasi (koʻproq chaqaloqlarda) taʼsirlanadi. Suyak sekvestri granulyatsion toʻqima bilan qurshalgan boʻlib, koʻplab yiring va suyak autolizi mahsulotlariga ega sekvestratsiya boʻshligʻiga joylashgan Vaqt oʻtishi bilan yiring yumshoq toʻqimalarni infiltratsiyalaydi va terini yorib, tashqariga chiqadi, buning natijasida bitib ketmaydigan yaralar paydo boʻladi, jarayon surunkali tus oladi. Suyak sekvestrlari yalligʻlanishni kuchaytiradi. Baʼzan u yoʻqolib ketadi yoki oqma yara teshigidan mayda-mayda suyak parchalari holida tashqariga chiqib turadi. Destruktiv jarayon bilan bir vaqtda mahsuldor tiklanish (regeneratsiya) jarayoni, yaʼni suyakda osteoblastlar rivojlanishiga asoslangan qayta tiklanishga qaratilgan oʻzgarishlar kuzatiladi. Suyak usti (periost) qatlami paydo boʻladi, ularda osteoblastlarning toʻqima elementlari koʻpayishi (proliferatsiya) kuzatiladi (ossifikatsiyalovchi-suyak hosil qiluvchi periostit). Vaqt oʻtishi bilan suyak boʻshligʻida biriktiruvchi toʻqima paydo boʻladi, kalsiy tuzlarini singdirib olgan suyak toʻqimasi kuzatiladi. Oxir oqbatda yangi suyak toʻqimasi vujudga keladi. Kasallik surunkali (xronik) kechganda u oʻqtin-oʻqtin zoʻrayadi, „payt poylayotgan infeksiya suyakda“ uzoq vaqt saqlanib, vaqti-vaqti bilan yalligʻlanishni kuchaytirishi mumkin. Suyakdagi oʻzgarish jarayonlari kompakt qatlamdagi jarohatlangan suyak sklerozini paydo qilishi mumkin. Uzoq davom etgan yiringli jarayon parenximatoz organlarning buzilishi (degeneratsiyalanish)ga olib kelishi mumkin, jigar va buyraklar amiloidozi rivojlanadi.

Tasniflash. Osteomiyelitlarni klinik tasniflash katta amaliy ahamiyatga ega va bunda quyidagilar farqlanadi :

1. Oʻtkir osteomiyelit:

— oʻtkir gematogen osteomiyelit;

— oʻtkir travmatik osteomiyelit;

2. Surunkali (xronik) osteomiyelit:

— birlamchi xronik osteomiyelit;

a) Brodi abssessi;

b) Ollyening albuminoz osteomiyeliti;

d) Garrening sklerozlovchi osteomiyeliti;

— ikkilamchi xronik osteomiyelit.

Soʻnggi paytda operatsiyadan keyingi osteomiyelit ham farqlanadi.

Uning asosida quyidagi omillar yotadi: bemor himoyaviy kuchining pasayishi, endogen infeksiya, operatsiya qilinganda konstruksiyani notoʻgʻri tanlash, mikroblar virulentligining oshishi va xirurgning xatolari (yot jismni operatsiya maydonida qolishi, nokobil osteosintez, operatsiyadan keyingi davrda va tashkiliy taktik yoʻnalish) va hokazolar.

Oʻtkir gematogen osteomiyelit

Klinik manzarasi. Kasallik birdan boshlanib, haroratning baland koʻtarilishi (39-40°C), kamquvvatlik, et uvishishi bilan davom etadi. Bemor boshi ogʻriyotganidan, chanqayverishdan, qusayotganidan

shikoyat qiladi. Umumiy xarakterga ega boʻlgan boshqa simptomlar ham kuzatiladi: til quruqlashadi, oqaradi, yurak tez-tez uradi (taxikardiya), qonda leykotsitoz ancha boʻladi, leykotsitar formula chapga keskin surilib qoladi. Koʻproq bolalar va oʻsmirlar kasallanadi. Kasallikning dastlabki kunlarida ogʻriq goh tutib, goh bosilib turadi. Yalligʻlanishga mahalliy toʻqima shishi qoʻshilgandan keyingina ogʻriq kuchayishining oldini olish mumkin. Qoʻl-oyoqlar funksiyasi cheklanib qoladi. Ayrim hollarda terming umumiy giperesteziyasi aniqlanadi, salgina harakat ham birdan ogʻriq beradi. Yalligʻlangan joy ustidagi teri qizarib ketadi, shish, keyinroq esa flyuktuatsiya paydo boʻladi. Flyuktuatsiya suyak ustki pardasining ostida va yumshoq toʻqimalarda qanchalik yigʻilishiga bogʻliq. Subperiostal abssess teridan yorib chiqishi mumkin, buning natijasida yiring ajralib chiqadi va oqma yara paydo boʻladi.

Bemorning umumiy ahvoli sezilarli ravishda yaxshilanadi. Jarayonning tarqalishiga yoʻl qoʻyilmagan hollarda boʻgʻim yaqinida artrit paydo boʻlganini kuzatish mumkin.

Koʻpincha osteomiyelitni uzun naysimon (son, yelka, katta boldir suyagi) suyaklarda (85 foiz), kamroq yassi suyaklarda (10 foiz), yana ham kamroq suyaklarda (5 foiz) kuzatiladi; jarayon yassi suyaklar orasida koʻproq chanoq suyagini shikastlantiradi. Osteomiyelitning diafizar formasi epifizar formasiga qaraganda uch barobar koʻp uchraydi.

Kamdan-kam hollarda gematogen osteomiyelitning yashin tezligidagi formalari kuzatiladi. Ular intoksikatsiya va sepsis tufayli kattalashadi, bemor sargʻayadi, qonda leykotsitoz ortadi. ECHT keskin yuqorilashadi. Bemorda kasallikning mahalliy belgilari bilinmay turib, bir necha kun ichida vafot etishi mumkin. Yashin tezligidagi osteomiyelitga koʻpincha turli

suyaklarda koʻpdan-koʻp infeksiya oʻchoqlarining mavjud boʻlishi xosdir. Kasallikning dastlabki ikki haftasida rentgenda tekshirib koʻrilganda suyaklardagi oʻzgarishlar odatda aniqlanmaydi. Kasallikning uchinchi haftasidan boshlab, ular suyak usti (periostal) yoʻgʻonlashuvi, kortikal qatlamning oʻroqsimon qatlami, yalligʻlanish oʻchogʻidagi konturlarning

kertikligi tarzida aniqlanadi. Suyakning gʻovakli (osteporoz) yalligʻlanishi deb ataluvchi manzara yuz beradi. Tipik holatlarda diagnoz qoʻyish unchalik qiyin emas, ammo

osteomiyelitning yashin tezligidagi formasi bundan mustasnodir, diagnozni toʻgʻri qoʻyishda suyak punksiyasi, suyak ichidagi bosimni aniqlash - densitonometriya va osteomiyelografiya yordam beradi. Oʻtkir gematogen osteomiyelit turli asoratlarni — umumiy yiringli infeksiya, kamqonlik va ichki aʼzolarning amiloid buzilishini (degeneratsiyasini) keltirib chiqarishi mumkin; ikkilamchi yiringli artritlar, ancha keyingi davrda esa patologik sinishlar, ankilozlar, qoʻl yoki oyoqning shakli oʻzgarishi (deformatsiyasi) va kontrakturalari kuzatiladi.

Differensial diagnozi. Oʻtkir gematogen osteomiyelitni limfa tomirlarining oʻtkir yalligʻlanishidan va tromboflebitdan, chuqur toʻqimalar flegmonasidan, umumiy yiringli infeksiya va yuqumli kasalliklardan farqlash lozim. Yuqumli osteomiyelitlar (terlama, zotiljam yoki qizamiq kasalliklaridan keyin) ham oʻxshash klinik manzaraga ega, ular yassi suyaklarni zararlaydi.

Davosi. thumb|555x555px|Osteomielitda yiringli bo‘shliq cho‘ntaklarini ochib tashlash.