Paradizka, rayka (Malus pumila var. paradisiaca) — balandligi 2 metr gacha boradigan buta yoki daraxt; past boʻyli olma turi. Vatani — Zakavkazye. Olma daraxtlari uchun pakana payvandtag sifatida foydalaniladi. Parhish qilingan nov-dalari va qalamchasidan tez koʻpayadi. Unga payvand qilingan daraxtlar pas-tak usadi (2,5–4 metr), 3—4 yildan muntazam va moʻl hosil bera boshlaydi. Paradizka tuproqning unumdorligiga talabchan, sovuqqa chidamsiz; yogʻochi va ildizi moʻrt.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Olmalar Turkum:Mevali daraxtlar Turkum:Daraxtlar Turkum:Yovvoyi oʻsimliklar