Pernambuku — Braziliyaning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni - 98,9 ming km². Aholisi - 7,9 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Resifi shahri. Yirik sha-harlari: Orlinda, Jabuatan, Kabu, Karuaru. Shtatning katta qismini oʻr-qirli plato (eng baland joyi 1100 m) egallagan boʻlib, u sharqqa tomon zina-poyasimon pasayib boradi. Iqlimi subekvatorial, sohil qismida issiq. va sernam, platoda qurgʻoqchil. Oʻrtacha oylikt-ra24—26°. Yillikyogʻin 1700–2000 mm, plato qismida 500 mm. Asosiy da-ryosi — San-Fransisku.
Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoq: shakarqamish yetishtirish va paxtachilikka ixtisoslashgan. Shuningdek, si-zal, tamaki, maniok, makkajoʻxori, kofe, kakao, sholi va boshqa ekinlar ekiladi. Chorvachilikda echki, qoramol, choʻchqa, qoʻy, ot boqiladi. Yovvoyi kokos palmasi yongʻogʻi yigʻiladi. Sanoati kam rivojlangan. Asosan, oziq-ovqat va ip-gazlama korxonalari mavjud. Uncha katta boʻlmagan sement, mashinasozlik, koʻn-poyabzal, farmatsevtika korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Gips, fosforit, oltin, asbest, tuz konlari topilgan. Yirik dengiz porti — Resifi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar