thumb|1842 yil Richag — katta kuchni kichik kuch bilan muvozanatlaydigan oddiy mexanizm. Tayanch nuqtasiga ega boʻlgan qattiq jismdan iborat. U tayanch nuqtadan oʻtuvchi tekislikdagi kuchlar taʼsirida boʻladi. Agar kuchlar tayanch nuqtaning ikki tomonida joylashgan boʻlsa, bunday richag 1-tur, agar kuchlar tayanch nuqtaning bir tomonida joylashgan boʻlsa, 2-tur richagi deb ataladi. Richag muvozanatda boʻlishi uchun tayanch nuqtaga nisbatan olingan kuchlar momentlari yigʻindisi nolga teng bulishi kerak. Richag dvigatellar, presslar, bolgʻalash mashinalari va mexanizmlarda ishlatiladi. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Richag · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.