thumbnail|Ruhillo Sidqiy Ruhillo Sidqiy [taxallusi; asl ismi Ruhillo Fatali oʻgʻli Oxundov; 1886.28.3 (9.4), Boku yaqinidagi Buzovna qishlogʻi — 1959-yil, 5-may, Boku] — ozarbayjon aktyori. Xalq artisti (1949). Ozarbayjon hamda yangi oʻzbek teatrining shakllanishida xizmati katta. 1924— 59 ylarda M.Azizbekov nomidagi Ozarbayjon davlat drama teatrida ishlagan. Gaji Qora („Gaji qora“), Faxriddin („Faxriddinning qaygʻusi“), Kajar („Vagif“), Nodir („Nodirshoh“), Qirol Lir, Yago, Otello, („Kirol Lir“, „Otello“) kabi obrazlar uning ijodida alohida oʻrin tutadi. U shuningdek, opera, operettalarda chiqqan bir qancha filmlarda suratga tushgan. 1916-yil Oʻzbekistonda boʻlib, oʻzbek havaskorlari bilan „Layli va Majnun“ spektaklini sahnalashtirib, oʻzi Majnun rolini ijro etgan. Keyinchalik ham u bir necha bor Oʻzbekistonda boʻlib, ijodiy hamkorlikni faol olib borgan. A.Avloniy, M. Uygʻur va boshqalar bilan ijodiy aloqada boʻlganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Ozarbayjonlik teatr aktyorlari Turkum:Ozarbayjonlik erkak aktyorlar Turkum:Ozarbayjon teatr rejissorlari Turkum:Ozarbayjon opera rejissorlari Turkum:1886-yilda tugʻilganlar Turkum:1959-yilda vafot etganlar Turkum:Sovet erkak aktyorlari