Anvar Ahrorovich Saidahmedov (1912-yil 15-iyun Toshkent — 1983) — pediatr-fiziatr. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari doktori (1960), professor (1961). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1935). Bekobod kasalxonasida bosh vrach (1936—1941), urush qatnashchisi (1941—1942), Respublika ruhiy kasalliklar kasalxonasida bosh vrach (1944—1946), Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar klinikasida ordinator (1946—1950), assistent (1950—1951). Sil ilmiy tadqiqot institutida bolalar sil kasalligi boʻlimi boshligʻi (1952—1960), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bolalar sil kasalligi kafedrasi mudiri (1961 — 1981), konsultant (1981—1983). Ilmiy ishlari Oʻzbekiston sharoitida bolalardagi sil kasalligini aniqlash, uning klinikasi, oldini olish va davolashga oid.
Manbalar
Bolalarni sil kasalligidan saqlash choralari, T., 1962; Miya sili va uning oldini olish, T., 1968.
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:15-iyunda tugʻilganlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Tibbiyot fanlari doktorlari Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:1941-yilda vafot etganlar