Semizoʻt () — semizoʻtdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi seret, yotib, baʼzan tik ham oʻsadi. Barglari mayda, etli, silindrsimon, toʻpbarg hosil qiladi. Gullari sariq, oddiy yoki gultojibarglari qatqat. May — noyabrgacha gullaydi, mevalaydi. Bir tupi 50—75 minggacha urugʻ beradi. Oʻrta Osiyoda sugorma dehqonchilik zonalarida koʻp tarqalgan. Namgarchilik yuqori boʻlganda chirindiga boy yerlardagi ekinzorlarda osadi

Manbalar

Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar Turkum:Portulaca Turkum:Ziravorlar Turkum:Dorivor oʻsimliklar Turkum:Malta o‘simliklari Turkum:Bargli sabzavotlar