Syudad-xuares - Meksikaning shim. qismidagi shahar, RioBravodelNorte daryosi boʻyida, AQShning ElPaso sh. qarshisida joylashgan. Chiuaua shtatida. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Metallsozlik, paxta tozalash, koʻnpoyabzal, oziqovqat va boshqa sanoat korxonalari, universitet bor. Kx. (paxta, chorvachilik) rayonining savdo markazi. Shaharga 1659-yilda ElPasodelNorte nomi bilan asos solingan. 1888-yildan shahar maqomi berilgan va hozirgi nomi bilan ataladi. Turizm rivojlangan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Syudad Xuares · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.