Tabarzin (yoki tabar deb nomlanuvchi, fors tilida „egarga oʻrnatiladigan bolta“ maʼnosini anglatadi; forscha: تبر) – jang boltasining bir turidir. Tabar atamasi Usmonlilar imperiyasi, Fors, Hindiston va ularning atrofidagi mamlakatlar hamda madaniyatlarda uchraydigan boltalarga nisbatan ishlatiladi. Bundan tashqari, tabar soʻzi slavyan tillarining aksariyatida ham „bolta“ maʼnosida qoʻllanadi . (masalan rus tilida: topor)

Fors Tabarzin (forscha: تبرزین; baʼzida „egarga oʻrnatiladigan bolta“ deb tarjima qilinadi) – anʼanaviy Fors (hozirgi Eron) jang boltasi hisoblanadi. U bir yoki ikki yarim oy shaklidagi tigʻga ega boʻlgan. Uzun tabarzin taxminan yetti fut (taxminan 213 sm) boʻlgan, qisqaroq varianti esa uch fut (taxminan 91 sm) uzunlikda boʻlgan. Fors jang boltasini noyob jihati – bu juda ingichka, engil va doimo metalldan yasalgan dastasidirComplete Persian culture (Dary dialect) by Gholam-reza Ensaf-pur.

Tabarzin baʼzida tasavvuf yoʻnalishidagi sayohatchi darvishlar (musulmon zohidlar) tomonidan ramziy qurol sifatida olib yurilgan.

Tabarzin soʻzi „bolta“ maʼnosida toʻgʻridan-toʻgʻri fors tilidagi tabar soʻzidan arman tiliga tapar (armancha: տապար) shaklida oʻtgan hamda slavyan tiligaga topor (toporʼ) shaklida oʻtgan. Bu soʻz skif tillari orqali oʻtgani maʼlum qilingan va hozirga qadar slavyan tillarida „bolta“ maʼnosida qoʻllanadi .

Hind XVII va XVIII asrlarda tabarzin jang boltasi Punjab, Sikh Khalsa armiyasi hamda hozirgi Hindiston va Pokiston hududlaridagi otliq jangchilar uchun asosiy qurol hisoblangan. U butunlay metalldan yoki yogʻoch dastali holda tayyorlangan, kuchli egri tigʻga hamda bolgʻasimon orqa qismga ega boʻlgan va koʻpincha bezakli naqshlar bilan bezatilgan. Baʼzan tabarzinning ichi boʻsh dastasi ichiga kichik pichoq joylashtirilgan boʻlgan. Arab Adam Metzning „Hijriy toʻrtinchi asrdagi islom sivilizatsiyasi“ (Islamic Civilization in the Fourth Century of the Hegira) asariga koʻra, tabarzin baʼzan nafaqat qurol sifatida, balki Sahib al-Shurta (shahar politsiyasi boshligʻi)lar tomonidan mansab belgisi sifatida ham ishlatilgan.

Galereya

Yana qarang Jang boltasi Manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Turkum: Jang qurollari Turkum:Eron jang san’ati Turkum:Eron qurollari