Telemetriya (tele... va ... metriya) — kuchlanish, tok kuchi, quvvat, bosim, tra, sath, uchish balandligi, organizmnng biologiya koʻrsatkichlari, meteorologik maʼlumotlar va boshqa kattaliklarni telemexanika vositalari orqali masofadan turib oʻlchash. Bevosita oʻlchash ishlari datchik yordamida amalga oshiriladi; olingan maʼlumotlar avtomatik tarzda (odatda kodlangan radiosignallar koʻrinishida) aloqa kanallari boʻyicha qabul qilish qurilmasiga uzatiladi. Bu yerda maʼlumotlar qayd qilinib, ishlab chiqiladi. Radiokanal boʻyicha amalga oshiriladigan T. radiotelemetriya deb ataladi. T. meteorologiya, tibbiyot, kosmonavtika, energetika va boshqa sohalarda qoʻllanadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Telemetriya · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.