TELL (Tell) Vilgelm — Shveysariya xalqi afsonalari qahramoni; shveysariyaliklarning gabsburglarta karshi XIV asrdagi kurashi aks etgan. T. kamondan bexato otuvchi moxir mergan boʻlgan. U. Gesler (gabsburglar amaldori) T.ni kenja oʻgʻlining boshiga qoʻyilgan olmani kamon oʻqi bilan urib tushirishga majbur qilgan. T. bu ishni uddalagach, Geslerni oʻldirgan, bu esa xalq qoʻzgʻoloni koʻtarilishiga sabab boʻlib xizmat qilgan. F. Shillernpng shu nomli dramasi T. xaqidagi afsona asosida yaratilgan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Tell Vilgelm · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.