Amy Lou Adams (; 1974-yili 20-avgustda tugʻilgan) amerikalik aktrisa va xonandadir. Adams Italiyada amerikaliklar oilasida tugʻilgan. 1999-yili Drop Dead Gorgeous qora komediyasida debyutlik qildi. Bundan keyin nisbatan past saviyali filmlarda oʻynadi. 2005-yili Junebug filmidagi roli uchun Oscar mukofotiga nomzod etib koʻrsatildi.
Tarjimai holi Adams Italiyaning Vitsensa shahrida Ketrin va Richard Adams oilasida tavallud topgan. Otasi esa AQSh armiyasining Caserma Ederle harbiy qismida xizmat qilgan. Uning toʻrt akasi va ikki opasi bor. Boshqa armiya bazasiga koʻchib oʻtgandan soʻng, Adams sakkiz yoshigida oilasi bilan Kolorado shtatidagi Castle Rock shahrida joylashishgan. Adamsning otasi armiya safidagi faoliyatini tugatgach, tungi klublar va restoranlarda professional tarzda qoʻshiq kuylash bilan shugʻullangan. Adams otasining shoulariga borish va Shirley Temple koktelini ichishini bolalikdagi eng yoqimli xotiralaridan biri deb taʼriflagan. Oilasi kambagʻal boʻlgan sababli pul topish maqsadida havaskor sahna ko‘rinishlarini ota yoki onasi tomonidan yozilgan musiqa namoyish etishgan. Shu bilan birga, koʻp safar uyushtirishgan hamda chodirlarda tunab ham qolishgan. Adams spektakllarga ishtiyoq bilan kirishgan va har doim bosh rolni oʻynagan. xammasi toʻgʻri
Filmografiyasi YilFilmRolIzohlarManba (lar)1999Drop Dead Gorgeous 2000Psycho Beach Party Cruel Intentions 2 Direct-to-video turidagi film 2002Doreen PumpkinAlex Serving SaraKate Catch Me If You Can 2004Alexis 2005 Standing StillElise Junebug Stephen Tobolowsky's Birthday PartyHerselfHujjatli film 2006PenniesQisqa metrajli film Talladega Nights: The Ballad of Ricky BobbySusan Tenacious D in The Pick of DestinyMaftunkor ayol 2007UnderdogOvoz bergan Muhabbat sehriGiselle Charlie Wilson's War 2008Sunshine Cleaning Miss Pettigrew Lives for a Day Doubt 2009Night at the Museum: Battle of the Smithsonian / Tess Julie & Julia Moonlight SerenadeChloe 2010Leap Year Love & DistrustSegment: „Pennies“ 2011Mary 2012On the RoadJane / Joan Vollmer Trouble with the Curve 2013Man of Steel HerAmy American Hustle 2014LullabyEmily Big Eyes 2016Batman v Superman: Dawn of Justice Arrival Nocturnal Animals 2017Justice League 2018ViceLynne Cheney 2020Hillbilly Elegy 2021Zack Snyder's Justice League Dear Evan Hansen 2022 Disenchanted Giselle — Nightbitch —
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar