Tiomochevina, tiokarbamid, H2NC(S)NH2 — taxir taʼmli, oq kristall kukun. Suyuqlanish temperaturasi 180 182°, zichligi 1405 kg/m3. Suvda, spirtda, piridinda eriydi. Baʼzi oʻsimliklar tarkibida topilgan. Kimyoviy xossalariga koʻra mochevinaga oʻxshash. Asoslar bilan tuz, metall tuzlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Turli organik birikmalar, jumladan, dori preparatlar sintezida qoʻllanadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Tiomochevina · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.