Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat instituti — doktorama, musiqali doktorama va qoʻgʻirchoq teatrlari uchun aktyor, rejissyorlar hamda kino uchun kinoaktyor, operator, kino rejissorlar, teatr va kinoshunoslar va boshqa yuqori malakali sanʼat mutaxassislarini tayyorlovchi oliy oʻquv yurti.
Tarix 1945-yil Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo davlat teatr sanʼati instituti sifatida tashkil etilgan. 1948-yil rus doktoramaturgi A. N. Ostrovskiy (1823—1986) nomi berilgan. 1991-yildan institutga oʻzbek teatr arbobi Mannon Uygʻur nomi berilgan. 1954-yil institut huzurida rassomlik fakulteti ochilib, Teatr va rassomlik sanʼati institutiga aylantirilgan. 1987-yildan Institutda mutaxassis tayyorlash doirasi yanada kengayib, maxsus kinotelevideniye rejissorligi, operatorlik, sanʼat jurnalistikasi ixtisosliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. 1997-yildan rassomlik sanʼati fakulteti mustaqil institut maqomida ajralib chiqqan va institut hozirgi nomi bilan atala boshlagan. Institutda 5 ta fakultet (teatr sanʼati; kino, televideniye sanʼati va radio; sanʼatshunoslik va qoʻgʻirchoq teatri sanʼati; sirtdan oʻqish; malaka oshirish) mavjud; magistratura, aspirantura, ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. 2002/03 oʻquv yili 765 ta talaba taʼlim oldi; 100 dan ziyod pedagog, shu jumladan, 9’fan doktori, 10 professor, 42 fan nomzodi va dotsent ishlaydi (2004). Institut faoliyati turli yillarda ishlagan Mannon Uygʻur, Ya. Bobojonov, S. Tabibullayev, L. Xujayeva, Q. Xoʻjayev, A. Ginzburg, N. Timofeyeva, Yu. Ioffe, I. Rubinshteyn, I. Akbarov, S. Veksler kabi yetakchi olimpedagoglar nomi bilan bogʻliq. Institutda taʼlim olgan rejissorlardan T. Xujayev, O. Chernova, Sh. Abbosov, B. Yoʻldoshev, teatrshunoslardan M. Rahmonov, M. Krdirov, T. Tursunov, T. Bayandiyev. T. Islomov, S. Tursunboyev, M. Tulaxujayeva, aktyorlardan 3. Muhammadjonov, R. Hamroyev, Ya. Abdullayeva, T. Azizov, B. Zokirov, N. Ansatboyev, R. Ibrohimova, Yo. Ahmedov, E. Komilov, P. Saidkosimov, G. Jamilova va boshqa respublika sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi.
Toshpoʻlat TursunovOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 4-iyuldagi 1771-son qarori bilan Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti va Toshkent davlat madaniyat instituti negizida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti tashkil etilgan.
Tavsif Fakultetlar:
Aktyorlik sanʼati Rejissyorlik Sanʼat tarixi Sahna va ekran dramaturgiyasi Texnologik sanʼat (televidenie operatorlari va ovoz muhandislari) Teatr sanʼati Ijtimoiy fanlar kafedrasi Tillar va adabiyot fakulteti.
Qiziqarli faktlar
1968-yilda Toshkent teatr va rassomlik instituti qoshida oʻzbek xalqining mashhur „Yalla“ guruhi tashkil etilgan.
Taniqli bitiruvchilar
Bitiruvchilar orasida Sovet davrida tan olingan sanʼat (rassomlar, rejissyorlar, haykaltaroshlar, rassomlar va boshqalar) ustalari yetishib chiqqan. Ulardan baʼzilari „SSSR xalq artisti“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Timur Bekmambetov (1961-yilda tugʻilgan) rus-qozoq kinorejissyori Andrey Boltnev (1946—1995) rus aktyori Leonid Bronevoy (1928—2017) rus aktyori Sitora Farmonova (1984-yilda tugʻilgan) oʻzbek kino aktrisasi Sayram Isayeva (1942-yilda tugʻilgan), tojik aktrisasi Galiya Izmaylova (1923–2010), oʻzbek balerinasi Oydin Norboyeva (1944-yilda tugʻilgan), oʻzbek aktrisasi Alvina Shpadi (1935—2019), oʻzbek rassomi va restavratori Yolqin Toʻychiyev (1977-yilda tugʻilgan), oʻzbek kinorejissyori
Yana qarang
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha institutlar Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar Turkum:Toshkent institutlari Turkum:Toshkentda taʼlim Turkum:Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlar Turkum:Toshkent bino va inshootlari Turkum:Oʻzbekistonda teatr Turkum:1945-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:1945-yilda tashkil etilgan taʼlim muassasalari