thumb|Andrey Nikolayevich Tupolev Tupolev Andrey Nikolayevich (1888.29.10, Kaliningrad viloyati – 1972.23.12, Moskva) – rus aviakonstruktori, akademik (1953), general-polkovnik muhandis (1968), 3 marta Mehnat Qahramoni (1945, 1957, 1972), Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1918). N. Ye. Jukovskiy bilan birga Aerodinamika institutini tashkil qilgan (1918), shu institut tarkibida samolyotlar, torpeda katerlari va aerochanalar yaratish bilan shugʻullanuvchi tajriba konstruktorlik byurosini tuzgan (1922) va uni boshqargan. Tupolev rahbarligida 100 dan ortiq tipdagi harbiy va fuqarolar samolyotlari, shu jumladan, ANT-25, TU-104 samolyotlari (birinchi reaktiv fuqaro samolyoti), Tu-114, Tu-144 (tovushdan tezuchar fuqarolik samolyoti) yaratilgan. Tupolev samolyotsozlikka duralyuminiyni tatbiq qilish ishlariga rahbarlik qilgan (1922—24). Tupolev samolyotlarida 78 jahon rekordi oʻrnatilgan, 28 noyob uchib oʻtishlar (shu jumladan, ANT-4 samolyotida „Chelyuskin“ paroxodi ekipajini qutqarish, ANT-25 samolyotida V. P. Chkalov va M. M. Gromovning Shimoliy qutb orqali AQSH ga qoʻnmay uchishi) bajarilgan.
Manbalar
Turkum:Texnika fanlari doktorlari Turkum:General-polkovniklar (SSSR) Turkum:Uch karra Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Sovet Ittifoqida oqlanganlar