Ummon togʻlari, Xojar togʻlari — Arabiston yarim orolning sharqiy qismidagi togʻlar. Aksari qismi Ummon hududida. Arabiston dengizining Ummon qoʻltigʻi sohili boʻylab 600 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 3353 m (Shom choʻqqisi). Asosan, ohaktosh, bazalt va serpentinlardan tuzilgan. Jan.gʻarbiy va gʻarbiy etaklari choʻl, yon bagri savanna va tropik oʻrmonlar, togʻ tepalari esa oʻtloqdan iborat. Vohalarda bugʻdoy va makkajoʻxori ekiladi, banan va xurmozorlar barpo etilgan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Ummon togʻlari · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.