Vladimir Ivanovich Fyodorov (1955-yil 5-yanvar, Toshkent viloyati – 11-avgust 1979-yil, Dneprodzerjinsk shahri yaqinidagi Kurilovka qishlogʻi) – futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976).
Futbolchilik faoliyati Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati Sverdlov nomidagi kolxoz bolalar jamoasi tarbiyalanuvchisi. Birinchi murabbiylari I.Toshmuhamedov, V. Yatchenko, Ya. Aronovichlar edi. 1972-yilda Fyodorov SSSR yoshlar terma jamoasiga chaqirildi va u Ashxoboddagi xalqaro turnirda debyut qildi.
Oʻsha yili u „Paxtakor“ da debyut qilgan, oʻshanda toshkentliklar birinchi ligada oʻynagan. Jamoani boshqarishga kelgan murabbiy Vyacheslav Solovyov oʻn yetti yoshli iqtidorli futbolchiga darhol asosiy jamoadan joy olishni ishonib topshirdi. Fyodorov toshkentliklar safidagi ilk oʻyinini „Perm Zvezda“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Fedorovning birinchi urgan goli hal qiluvchi boʻlib chiqdi.
1974-yilda, „Paxtakor“ allaqachon SSSR chempionatining oliy ligasida oʻynaganida, u „Markaziy hujumchilar“ nominatsiyasida SSSRning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatiga 2-raqam ostida kirdi.
1972-1979 yillarda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynagan. Hammasi boʻlib u SSSR chempionatining oliy ligasida 108 ta oʻyin oʻtkazib, 26 ta gol urgan.
U 18 yoshida SSSR terma jamoasidagi ilk oʻyinini 1974-yilning oktyabr oyida oʻtkazgan va Yevropa chempionati saralash oʻyinida Irlandiya terma jamoasiga zaxiradan maydonga tushgan. Kelajakda terma jamoada murabbiylar oʻzgarishidan qatʼiy nazar, muntazam ravishda oʻyinlarda qatnashib turdi. Umumiy hisobda u asosiy tarkibda 18 ta, olimpiya terma jamoasida esa 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 25 yoshida u „Paxtakor“ jamoasi bilan birga Dneprodzerjinsk osmonida aviahalokatda vafot etdi. Toshkentdagi 1-son qabristoniga dafn etilgan.
2002-yilda jahon futboli ensiklopediyasida 70-yillarning ikkinchi yarmida mamlakatning eng iqtidorli hujumchilaridan biri deb topilgan.Viktor Xoxlyuk: „Vladimir Fyodorov – istinniy patriot“// „InterFutbol“. – № 1 (572), yanvar 2020. – s. 11.
Yutuqlar
1976-yil Monreal Olimpiadasining bronza medali sovrindori 1976-yil yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni SSSRning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida - 2 marta (1974-yil – 2-son, 1976-yil – 3-son) „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan (2006, vafotidan keyin)Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan .
Oʻyin uslubi Tez, chaqqon, maqsad sari intiluvchan, jangovar xarakterga ega, hujumlarni yakunlashda tashabbusni dadil oʻz qoʻliga oldi, toʻp surish uchun kurashda kuchli edi. U oʻziga xos driblingi bilan ajralib turardi, u tayyorgarliksiz darvozani yorib oʻtishni bilardiEnsiklopediya „Rossiyskiy futbol za 100 let“. – M.: Gregori-Peydj, 1997. – s.543..
Shaxsiy hayoti Otasi Ivan Vasilyevich Fyodorov ham futbolchi boʻlgan, Oʻrtasaroy qishlogʻida futbolni rivojlantirgan. Onasi Mariya Fedorovna Fedorova. Xotini Svetlana bilan 1977-yil kuzida oila qurgan.
Manbalar
Havolalar Vladimir Fyodorov Transfermarkt saytida Vladimir Fyodorov Olympedia saytida Vladimir Fyodorov FootballFacts.ru saytida
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:SSSR milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:1976-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Dneprodzerjinsk osmonida 1979-yil 11-avgustda aviahalokatda halok boʻlganlar