FLORI (Florey) Xouard Uolter (1898. 24.9, Adelaida, Avstraliya — 1968.21.2, Oksford) — ingliz patologi; London qirollik jamiyati aʼzosi (1941), prezidenti (1960—65). Adelaida universitetini tugatgan (1921); Sheffild universiteti (1931 —34) va Oksford instituti (1935 —62) professor Oksford Qirollik kolleji rektori (1962—68). Ilmiy faoliyati kapillyar qon aylanishi patologiyasi, yalliglanish jarayonlari, limfotsitlar funksiyasi, lizotsim va antibiotiklarga oid. F. ilk bor penitsillinni odam va hayvonlarni davolashda qoʻllagan (1940). Nobel mukofoti laureati (1945, A. Fleming va E. Cheyn bilan hamkorliqda)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Kimyogarlar Turkum:1898-yilda tugʻilganlar Turkum:1968-yilda vafot etganlar Turkum:24-sentabrda tugʻilganlar Turkum:21-fevralda vafot etganlar