22-noyabr — Grigoriy taqvimida yilning 326- (kabisa yilida 327-) kuni. Yil yakuniga 39 kun qoladi.
Bayramlar Yana qarang: :Turkum:22-noyabr bayramlari Virjiniya orollarida Shiyponlar kuni. Xalqaro oʻgʻil bolalar kuni. Ozarbayjonda Adliya idoralari xodimlari kuni. Albaniyada Alifbo kuni. Livanda Mustaqillik kuni. Kosta Rikada O’qituvchilar kuni.
Voqealar right|200px|"Katti Sark" Yana qarang: :Turkum:22-noyabr voqealari 1574 — Chilidagi Xuan Fernandes orollari kashf etildi. 1699 — Pyotr I va Avgust Shimoliy urush haqida kelishib olishdi. 1869 — „Cutty Sark“ (suratda) suvga tushirildi. 1906 — Stolipin agrar islohoti boshlandi. 1908 — Manastir Kongressi alban alifbosini tasdiqladi. 1917 — Kanadada Milliy xokkey ligasi tashkil etildi. 1917 — Leninning «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga» deb nomlangan murojaatnomasi e'lon qilindi. 1936 — SSSRda abortga ruxsat berildi 1940 — Ikkinchi jahon urushi: Gretsiya armiyasi Albaniyada qarshi hujumga o’tdi va Koritsa shahrini egalladi. 1942 — Ikkinchi jahon urushi: Stalingrad jangida nemislarning 6-armiyasi qurshovda qoldi. 1943 — Ikkinchi jahon urushi: AQSH prezidenti Ruzvelt, Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchil va Xitoy rahbari Chyang Kay Shek Qohira konferensiyasida uchrashdi. 1943 — Livan Fransiyadan mustaqillikni qo’lga kiritdi. 1946 — Angliyada sharikli ruchkalar ilk bor sotuvga chiqdi. 1956 — Melburn shahrida XVI Olimpiya o’yinlari boshlandi. 1963 — AQSH prezidenti Jon Kennedi Texasda suiqasd qurboni bo’ldi. 1967 — BMT Xavfsizlik Kengashi Arab-Isroil mojarosiga oid 242-sonli rezolyutsiyani qabul qildi. 1974 — Falastin Ozodlik Harakati BMTda kuzatuvchi maqomini qo’lga kiritdi. 1975 — Xuan Karlos I Ispaniya qiroli deb e’lon qilindi. 1986 — Mike Tyson boks boʻyicha jahon chempioni boʻldi. 1989 — Livan prezidenti Rene Mo’vad Bayrutda suiqasd qurboni bo’ldi. 1990 — Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher iste’foga chiqdi. 1993 — Armanistonda milliy valyuta — dram muomalaga kiritildi. 2004 — Ukrainada Zarg’aldoq inqilobi boshlandi. 2005 — Angela Merkel Germaniya tarixidagi ilk ayol kansler bo’ldi. 2008 — Mars sayyorasida muzlagan suv parchasi topildi. 2012 — Isroil va Falastin o’rtasidagi 8 kunlik urushdan so’ng, Isroil va Hamas o’t ochishni to’xtatish bo’yicha kelishuviga erishildi. 2015 — Myanmaning Kachin viloyatidagi nefrit konida tuproq ko’chishi oqibatida 116 kishi halok bo’ldi va 100 ga yaqin kishi bedarak ketdi.
Tavalludlar Yana qarang: :Turkum:22-noyabrda tugʻilganlar 1787 — daniyaliik tilshunos olim Rasmus Rask tug’ildi. 1819 — ingliz shoiri Jorj Eliot tug’ildi. 1877 — Barselona futbol jamoasi asoschisi Joan Gamper tug’ildi. 1881 — Usmonli Turk davlati harbiy generali va siyosatchi, “Yosh turklar” harakatining faol ishtirokchilaridan biri, Buxoro amirligi tomonida turib sovet bosqinchilariga qarshi kurashgan lashkarboshi Anvar Posho tavallud topdi. 1890 — Fransiyaning 18-prezidenti Sharl de Goll tug’ilgan. 1896 — O’zbekiston xalq shoiri Nikolay Semyonovich Tixonov tug’ilgan. 1911 — O’zbekiston xalq artisti Asror Jo’rayev tavallud topgan.
Vafot etganlar Yana qarang: :Turkum:22-noyabrda vafot etganlar 1617 — Usmonli Turk davlati rahbari Sulton Ahmad I vafot etgan. 1916 — amerikalik yozuvchi Jek London vafot etgan. 1948 — turk generali Faxri Posho vafot etdi. 1963 — AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedi suiqasd qurboni bo’ldi. 1989 — Livan prezidenti Rene Mo’vad Bayrutda suiqasd qurboni bo’ldi. 2015 — Janubiy Koreyaning 7-prezidenti Kim Yong Sam vafot etdi.
Havolalar
days.peoples.ru http://sof.uz/news/show/22-noyabrda-sodir-bulgan-eng-muhim-voqea
Turkum:Sana *