Xloridlar — xlorning kislorod va ftordan boshqa barcha elementlar (metallar va metallmaslar) bilan hosil qilgan birikmalari. Metallarning xloridlari qattiq moddalar, ular suvda yaxshi eriydi. Metallmaslarning xloridlari gazsimon, suyuq yoki qattiq moddalardir. Natriy, kaliy, magniy, kaltsiy xloridlari tabiatda keng tarqalgan (X.ning xossasi, olinishi va ishlatilishi haqida tegishli elementlarning Xloridlariga q.).
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Xloridlar · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.