Asliddin Haqberdiyevich Xudoyberdiyev (1972.5.10, Urgut tumani) — yunon-rum kurashchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi (1999). „Oʻzbekiston iftixori“ (2002). 60 kg vazn toifasida Oʻzbekiston chempioni (1992, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003). Markaziy Osiyo oʻyinlari gʻolibi (1995, Toshkent; 1999, Bishkek), Osiyo chempioni (2003, Dehli), Osiyo oʻyinlarining kumush medali sohibi (1998, Bangkok), harbiylar oʻrtasida jahon chempionati va xalqaro musobaqalarda sovrindor boʻlgan. Xudoyberdiyev Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1994). 1995-yildan Markaziy harbiy sport klubida sport yoʻriqchisiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari‎