Xutba (arab. — targʻibot, nutq) — juma namozi oldidan va hayit namozidan keyin xatib (masjid imomi)ning vaʼzxonligi, diniy pand-nasihat. Oʻrta asrlarda X.ning muhim siyosiy ahamiyati boʻlgan. Namozxonlar mamlakat hukmdori ismini aytib, uning haqiga duo qilishlari lozim edi. IX asr 2-yarmidan ayrim hukmdorlar X.da uz ismlarini xalifa ismidan keyin qoʻshib aytilishi uchun harakat qilishgan. X.da hukmdor ismining yodga olinishi hukmdorning mustaqil ekanligining asosiy tashqi belgilaridan biri hisoblangan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Xutba · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.