Shuhrat Xurshidovich Xoʻjayev (1969.11.7, Buxoro) — sambochi-kurashchi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2000), „Oʻzbekiston iftixori“ (1998). Sambo boʻyicha 90 kg vaznda Osiyo chempioni (1996, Krasnoyarsk; 1997, Ulan-Bator; 1998, Toshkent; 1999, Singapur; 2000, Uralsk; 2001, Toshkent), Osiyo kubogi gʻolibi (1995, Bishkek), jahon chempioni (1996, Tokio; 2000, Kiyev), jahon kubogi gʻolibi (1996, 1998, Kstova). Kurash boʻyicha Osiyo chempioni (2001, Toshkent), jahon chempionati bronza medali sovrindori (1999, Toshkent). Shuhrat Xoʻjayev kurashning sumo turi boʻyicha ham koʻplab xalqaro musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallagan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini tugatgan (1994). 1990-yildan Buxorodagi kurashga ixtisoslashgan 2-bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxiralari maktabida murabbiyOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari‎ Turkum:Oʻzbekiston sambochilari