Chelesta (ital. celeste — samoviy) — plastinkali klavishliurma musiqa cholgʻu asbobi. Kichik pianino shaklida boʻlib, soddalashgan fortepiano mexanizmi va xromatik sozlangan poʻlat plastinkalar yoki trubkalarga ega. Ch.ni Parijdagi O.Myustel firmasi chiqargan (1886) va tez orada uni fransuz, rus kompozitorlari simfonik orkestrga kiritgan. Diapazoni 4 oktava (s1— s5). Mayin, kuychan (qoʻngʻiroqchasimon) tovushi bilan ajralib turadi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Chelesta · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.