Erkin Turdiyevich Shayxov (1927.13.11, Toshkent – 2009.3.7, Toshkent) – iqtisodchi olim, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi akademigi (1991), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), professor (1977). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1948). 1949—1960-yillarda komsomol va partiya ishlarida ishlagan. Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi (1962—1971), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri (1971—1975), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti (1991-yildan Toshkent agrar universiteti) rektori (1975—1995), ayni paytda shu institut qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, 1995-yildan maslahatchi-professor.
Ilmiy ishlari qishloq xoʻjaligi tarmoqlari iqtisodiyoti, tannarx, ishlab chiqarish rentabelligi, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida agrar sanoat majmuini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan. Qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlari uchun darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi.
Asarlari Paxtachilik iqtisodiyoti va uni tashkil etish, T., 1980; Paxtachilik, 2nashri, T., 1990 (hammualliflikda).
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar