Shirguruch — sut va guruchdan tayyorlanadigan quyuq taom. Guruchni tozalab, 3—4 marta yuviladi. Qozonga quyilgan suv qaynab chiqqach, guruch va ozgina tuz solinadi. Guruch chala pishgach, sut quyiladi. Sut guruchga singishiga qarab 3—4 marta boʻlibboʻlib quyilishi, taom esa toʻxtovsiz kavlab turilishi lozim. Guruch ezilib sutni batamom shimib olgach, taom tayyor hisoblanadi. Tayyor Sh. laganga suzilib, betiga sariyogʻ (baʼzan shakar) solib dasturxonga tortiladi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Shirguruch · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.