Sharif Ergashev (1916-yil, 12-yanvar hozirgi Buxoro viloyati Peshku tumani Denov qishlogʻi - 1978.15.12) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. Urushgacha kzda yashagan. 1943-yildan frontda. 883oʻqchi polki (Markaziy front, 65armiyaning 193oʻqchi diviziyasi) oʻqchisi. 1943-yilda Dnepr daryosi yaqinidagi jangda jasorat koʻrsatgani uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1943). Urushdan soʻng, Yangibozor jamoa xoʻjaligi kengashining raisi boʻlib ishlagan. Yangibozordagi koʻcha va maktab, Buxoro shahridagi koʻcha, Peshku tumanidagi jamoa xoʻjaligiga uning nomi berilgan.
Manbalar
Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:Sovet Ittifoqi Qahramonlari Turkum:1916-yilda tugʻilganlar Turkum:1-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda vafot etganlar Turkum:15-dekabrda vafot etganlar
Turkum:Surxondaryo viloyatida dafn etilgan Turkum:Peshku tumanida tugʻilganlar