Qargʻalar — chumchuqsimonlar turkumi oilasi. Anatomik tuzilishiga koʻra birmuncha sodda; lekin nisbatan murakkab xattiharakatlari bilan boshqa chumchuqsimonlardan ajralib turadi. Ayrim Qargʻasimonlar tovushga taqlid qiladi (odam ovozini takrorlaydi). Uzunligi 18—70 sm. Tumshugʻi va oyoqlari baquvvat, burun teshiklari keng va qillar bilan toʻsilgan. 26 uruqqa mansub 104 turi bor. Yangi Zelandiya va ayrim o.dan tashqari Yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida 4 urugʻ (qargʻalar, hakkalar, xoʻjasavdogarlar, togʻ zagʻchalari)ga mansub 9 turi tarqalgan.

Koʻpchilik Qargʻasimonlar gala boʻlib yashaydi; ayrim turlari koloniya boʻlib uya quradi. Uyasini daraxtlar shoxi, kovagi, qoya toshlar, binolarga yoki qamishlar orasiga quradi. Urgʻochisi 3—10 ta tuxum qoʻyib, uni bosib yotadi. Ayrim Qargʻasimonlarning erkagi ham tuxum bosadi. Har xil oziq yeydi, koʻpchiligi mayda kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanadi; baʼzi turlari ekinlar, qushlar uyasidagi tuxumlari va joʻjalarini, moʻynali hayvonlar bolasini yeb, birmuncha ziyon keltiradi. Urugʻ va turlari Qargʻalar oilasi (Corvidae)Tashqi koʻrinishiNomiLotincha nomiTarqalishi va muhofaza maqomiOstturlariQargʻa urugʻi200x200px Corvus albicollisCorvus albicollis 200x200px200x200pxCorvus albusCorvus albus 200x200px200x200pxCorvus bennettiCorvus bennetti 200x200px200x200pxCorvus brachyrhynchosCorvus brachyrhynchos 200x200px | |208x208pxCorvus capensisCorvus capensis 200x200px208x208pxCorvus celebensisCorvus celebensis 208x208pxQuzgʻunCorvus corax 200x200px208x208pxOlaqargʻaCorvus cornix 200x200px200x200pxCorvus coroneCorvus corone 200x200px208x208pxCorvus coronoidesCorvus coronoides 200x200px208x208pxCorvus crassirostrisCorvus crassirostris 200x200px208x208pxCorvus cryptoleucusCorvus cryptoleucus 200x200px200x200pxCorvus culminatusCorvus culminatus Turkum:Qushlar

Manbalar

Havolalar