Vosil Qobulovich Qobulov (1921.5.9, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), fizika-matematika fanlari doktori (1961), professor (1964). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1977). Vafotidan soʻng “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi. Toshkent temiryoʻl muhandislari institutini tugatgan (1949). Chorjoʻy — Qoʻngʻirot temir yoʻl qurilishida ishlagan (1949-50). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Inshootlar institutida aspirant, ilmiy xodim (1950-57). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutining hisoblash texnikasi boʻlimi mudiri (1957—63). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika instituti va hisoblash markazi direktori (1963—66). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti direktori (1966—77), institut Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirilgach, uning bosh direktori (1978—92).

Ilmiy ishlari hisoblash texnikasini fan, texnika va xalq xoʻjali-gining turli sohalariga joriy etish bilan bogʻliq.

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1971). “El-yurt hurmati” (1998) va „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni (2025) ordeni bilan mukofotlangan* Algoritmizatsiya v tsorii uprugosti i deformatsionnoy teorii ilastichnosti, T.. 1966; Aql moʻʼjizasi. T,, 1974; Funksioial analiz va hisoblash matematikasi, T., 1976; Algoritmizatsiya v mexanike sploshnnx sred. T, 1978..

Manbalar

Turkum:Matematiklar Turkum:Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arboblari