Qoldiq koʻl — qad. yirik suv havzalari — okean va dengizlarning chekinishi natijasida ular oʻrnida saqlanib qolgan koʻllar. Mas, Kaspiy, Orol, Chad, Eyr koʻllari. Daryolar oʻzanlarini oʻzgartirganda eski oʻzanning chuqur joylarida ham koʻllar hosil boʻladi, bular ham Qoldiq koʻllar deyiladi. Ular, odatda, kichik, koʻpincha vaqtli boʻladi. Sirdaryo, Amudaryoning tekisliklardan oʻtgan qismidagi vodiylarida bunday koʻl koʻp uchraydi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Qoldiq koʻl · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.