alt=Gʻazna qalʻasi va ikki minorasi (minoralar Bahramshox tomonidan qurilgan), James Atkinson chizgan rasm, c.1839* (BL)|thumb|Gʻazna qalʻasi va ikki minorasi (minoralar Bahramshox tomonidan qurilgan), James Atkinson chizgan rasm, c.1839* (BL) Gʻazna (Pushtucha/Forscha: غزنی - Ġaznī; tarixda غزنین / Ġaznīn hamda غزنه / Ġazna nomlar bilan tanilgan) – Afgʻonistonning janubiy-sharqiy qismidagi shahar. Gʻazna daryosi boʻyida boʻlib, Kobul—Qandahor avtomobil yoʻlida joylashgan. Gʻazni viloyatining maʼmuriy markazi. Metallsozlikning qadimiy markazlaridan boʻlgan. Hunarmandchilikda palos, poyabzal, ip gazlama matolari va boshqa tayyorlanadi. Jun, moʻyna bilan savdo qilinadi.

Tarixi Shaharning barpo boʻlgan davri maʼlum emas. Gʻaznaga doir ilk maʼlumotlar VII asrga oid manbalarda uchraydi. Oʻrta asrlarda Oʻrta Sharqning muhim madaniy, savdo va siyosiy markazlaridan biri boʻlgan. X—XI asrlarda Gʻaznaviylar davlati poytaxti. XII asr oʻrtalarida Gʻuriylar shaharni egallab, katta qismini vayron qilganlar. 1215—21 yillarda Gʻazna Xorazmshohlar qoʻl ostida boʻlgan. 1221-yilda shaharni moʻgʻullar bosib olgan. XIII asrning 2-yarmidan Gʻazni hukmdorlari Hirotdagi Kurtlar sulolasining vassali boʻlgan. XIV asr oxiri XV asr boshlarida Temuriylar davlati, XVI asr boshlaridan Boburiylar saltanati tarkibida boʻlgan. 1738-yilda shaharni Nodirshoh egallagan. Afgʻoniston davlati tuzilgach (1747), Gʻazni uning tarkibiga kirgan. Meʼmoriy yodgorliklardan XII asrda barpo etilgan 2 ta minoraning qoldiqlari saqlangan.

Aholisi

Gʻazna shahri aholisi 2015-yildagi 143 379 kishidan 2018-yilda 270 000 kishiga koʻpaydi, chunki zoʻravonlik sodir boʻlgan hududlardan qochqinlar shaharga yopirilib keldiAfghan City Gauges Toll After Taliban Siege . Wall Street Journal.. 2015-yilda Gʻazni shahrida 15 931 ta turar joy bor edi.

Aholisi koʻp millatli boʻlib, taxminan 50% tojiklar, 25% hazoralar va 25% pushtunlardir.

Infratuzilmasi

Transport tizimi 2012-yil aprel oyida Gʻazna gubernatori Musoxon Akbarzoda Gʻazni aeroportiga tamal toshini qoʻydi. Ish oʻsha yilning oxirida boshlandi va uni Gʻazni viloyati boshqaruvchi direktori muhandis Ahmad Vali Tavakkaliy boshqardi.

Shahar Afgʻonistonning janubida Kobul va Qandahor oʻrtasida oʻtadigan asosiy magistralning yonida joylashgan. Gardez va sharqda va boshqa yaqin qishloqlar, shuningdek, shimoli-gʻarbda Hazorojot shaharlariga olib boradigan yoʻllar mavjud.

Taʼlim tizimi Shaharda bir qator davlat maktablari mavjud. Malika Jahon maktabi 5000 dan ortiq oʻquvchi va 150 oʻqituvchiga ega boʻlgan qizlar maktabidir. Nasvan shahar koʻhna maktabi, yana bir qiz bolalar maktabida 3000 dan ortiq oʻquvchilar bor. 2012-yilda kattalar savodxonligi darajasi 41,2% ni tashkil etdi (2012).

Resurslari Gʻazna shahri yogʻingarchilik kam boʻlgan hududda joylashgan. 2007-yilda Jixay daryosidagi 50 yillik toʻgʻonning dambalaridan biri buzilib, Gʻazna shahri aholisini suv taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlarga sabab boʻldi. Toʻgʻon Gʻazna shahri va uning atrofidagi qishloq xoʻjaligi hududlari uchun sugʻorish suvi manbai boʻlib xizmat qiladiHeavy water flow damages Ghazni’s Zanakhan Dam Mar 15 2007, Pajhwok Afghan News. Tarixda yaqin atrofdagi daryolar suv toshqini va jiddiy zarar va oʻlimga olib kelgan , ammo buni bartaraf etish uchun harakatlar boshlangan.

Sporti Gʻaznadagi professional sport jamoalari Jamoa nomi Oʻynayotgan ligasi Sport turi Stadioni Tashkil topgan yili Bandi Amir ajdarlari ( Band-e-Amīr Khāmārān / Shāmārān; ) Shpagiza Kriket ligasi Kriket Gʻazna kriket maydoni 2013-yil Oqaban Hindikush F. C. (forscha: ) Afgʻoniston Chempionlar ligasi Futbol Gʻazna maydoni 2012-yil

Stadionlari Gʻazna kriket maydoni Gʻazna maydoni

Mashhur shaxslari Hukmdorlar va imperatorlar

Abu Bakr Lavik, Gʻaznani boshqargan Lavik sulolasi hukmdori; Abu Ali Lavik, Lavik sulolasi hukmdori va Abu Bakr Lavikning oʻgʻli; Sabuktegin, Gʻaznaviylar sulolasi asoschisi; Mahmud Gʻaznaviy, Sabukteginning oʻgʻli va XI asrdagi Gʻaznaviylar sulolasining birinchi mustaqil hukmdori; Muhammad Gʻaznaviy, Mahmud Gʻaznaviyning oʻgʻli va Gʻaznaviylar davlati sultoni; Masʼud Gʻaznaviy, Muhammad Gʻaznaviyning ukasi va Gʻaznaviylar davlati sultoni; Mavdud Gʻaznaviy, Muhammad Gʻaznaviyning jiyani va Gʻaznaviylar davlati sultoni; Ibrohim Gʻaznaviy, Gʻaznaviylar davlati sultoni; Xusrav Malik, Gʻaznaviylar davlati sultoni; Bahrom Gʻaznaviy, Gʻaznaviylar davlati sultoni; Muhammad Shoh, XVIII asrdagi Boburiylar davlatining 13-imperatori.

Siyosatchilar va harbiy rahbarlar

Alptegin Somoniylarning asl qullikdan chiqqan turk sarkardasi, vafotiga qadar Gʻaznada yarim mustaqil siyosat yuritgan; Abu Isʼhoq Ibrohim Gʻaznaviy, Alpteginning oʻgʻli, turk harbiy va Somoniylarning Gʻaznadagi hokimi; Boʻritegin Gʻaznaviy, turk harbiy va Somoniylarning Gʻaznadagi hokimi; Ismoil Gʻaznaviy, Sabukteginning oʻgʻli va Mahmudning akasi, Gʻaznaviylar hukmdori; Ali ibn Isʼhoq, Gʻaznaviylar davlati Moliya vaziri; Abdurazzoq Maymandiy, Gʻaznaviylar sultoni Mavdud Gʻaznaviy va Abdulrashidning vaziri; Toʻgʻrul Gʻaznaviy, Gʻaznaviylar taxtini egallab olgan qullikdan chiqqan turk sarkasdasi Ozodxon Afgʻon, XVIII asrdagi pushtunlar harbiy qoʻmondoni; Nurmuhammad Taraqqiy, Afgʻonistonning sobiq prezidentlaridan biri.

Shoirlar va olimlar

Abu Rayhon Beruniy, XI asrda yashagan qomusiy alloma, Gʻazna shahrida faoliyat olib borgan va vafot etgan; Abulfazl Bayhaqiy, 10/XI asrda yashagan tarixchi olim, kotib, Gʻazna shahrida vafot etgan; Asjadiy, Gʻaznaviylar saltanatidagi saroy shoiri; Farruhiy Seyistoniy, Gʻaznaviylar saltanatidagi saroy shoiri, umrining katta qismini Gʻaznada oʻtkazgan va shu yerda vafot etgan; Manuchehriy, Gʻaznaviylar saltanatidagi saroy shoiri, katta ehtimol bilan Gʻaznada vafot etgan; Unsuriy, Gʻaznaviylar saltanatidagi saroy shoiri; Hakim Sanoiy, 11/XII asrlarda yashagan fors soʻfiy shoiri va tasavvufchisi; Sayid Hasan Gʻaznaviy, XII asrda yashagan fors shoiri; Fayz Muhammad Kotib Hazora, 19/XX asrlarda yashagan tarixchi, yozuvchi va ziyoli; Abdulrahmon Pajvak, afgʻon shoiri va diplomati; Bhay Nand Lal, X asrda yashagan sikh gurusi Gobind Singhning saroy shoiri.

Diniy rahbarlar Ali al-Hujviriy, XI asrda yashagan fors sunniy musulmon tasavvufchi, ilohiyotchi va voizi; Jamoliddin Gʻaznaviy, XII asr hanafiy fiqhshunosi, ilohiyotshunos va moturidiy mazhabining kalomshunos olimi; Abdulloh Gʻaznaviy, XIX asr afgʻon islom ulamosi; Gʻulom Mohiyuddin Gʻaznaviy (1902-1975), islom soʻfiy olimi. U Gʻazni shahrida tugʻilgan va keyinchalik ishlash uchun Pokistonga ketgan. U mohra shariflik Muhammad Qosim Sodiqqa murid boʻlib, soʻfiylikni qabul qilib, Pokistonning Ozod Kashmir viloyatidagi Nerian Sharif hududini makon qilgan; Gʻulom Muhammad Niyoziy, siyosiy islom harakati mutafakkiri, Kobul universiteti ilohiyot fakulteti dekani.

Boshqalar Abdulahad Momand, koinotga sayohat qilgan birinchi afgʻon va toʻrtinchi musulmon.

Diqqatga sazovor joylari

Gʻazna qalʼasi; Gʻazna minoralari; Sulton Masʼud III saroyi; Sabuktegin qabri; Mahmud Gʻaznaviy maqbarasi; Hakim Sanoiy maqbarasi; Islom sanʼati muzeyi; Tapa Sardor xarobalari; Abu Rayhon Beruniy qabri.

Qardosh shaharlari

, HaywardSister Cities International , Gijitsko Co Giżycko łączy z Ghazni? </ref>

Yana qarang

Gʻazni viloyati Mahmud Gʻaznaviy Gʻaznaviylar davlati

Manbalar

Turkum:Afgʻoniston shaharlari Turkum:Buyuk Ipak yoʻli boʻyidagi aholi punktlari Turkum:Aleksandr asos solgan shaharlar