Harbiy unvonlar — qurolli kuchlarning har bir harbiy xizmatchisi va zaxiradagi harbiy majburiyatli shaxsga ularning xizmat mavqei, harbiy va maxsus tayyorgarligi, oʻtagan xizmati muddati, qaysi qoʻshin yoki xizmat turiga mansub ekanligiga, shuningdek, koʻrsatgan xizmatlariga koʻra beriladigan unvon. Harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarning oʻzaro munosabatlaridagi mavqelarini belgilaydi.

Oʻzbekistonda harbiy unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida" qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 16-maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar shtat tuzilishini takomillashtirish haqida"gi farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi unvonlar tabaqalanishi tasdiqlangan.

Yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega boʻlgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishli „adliya“ yoki „tibbiy xizmat“ soʻzlari qoʻshiladi.

Ofitserlar Harbiy unvonida mavjud boʻlgan „kichik leytenant“, shartnoma-kontrakt asosida xizmat qiluvchi harbiy xizmatchilarda mavjud boʻlgan „praporshchik“ unvonlari bekor qilindi.

„Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida“gi qonunda harbiy unvonlar koʻrsatilgan boʻlib, ushbu qonunning 9-moddasiga koʻra, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga boʻlinadi.

Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga boʻlinadi. Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qoʻshin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga boʻlinadi.

450px|right|Qoʻshin unvonlari 450px|right|Kema tarkibidagi unvonlar

Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi: Harbiy xizmatchilar tarkibihttps://lex.uz/docs/-4513434 Qoʻshin unvonlari Kema tarkibidagi unvonlar Oddiy askarlar tarkibi Oddiy askar Matros Serjantlar tarkibi Kichik serjant Starshina III darajali serjant III darajali starshinaII darajali serjant II darajali starshinaI darajali serjant I darajali starshina Katta serjant Bosh starshina Kichik ofitserlar tarkibi Leytenant Leytinant Katta leytenant Katta leytenant Kapitan Kapitan-leytenant Katta ofitserlar tarkibi Mayor III rang kapitani Podpolkovnik II rang kapitani Polkovnik I rang kapitani Generallar tarkibi General-mayor General-leytenant General-polkovnik Armiya generali

‎Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali boʻlib, bu unvon (urush davrida) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoniga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi.

Harbiy sohaning yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi ixtisosligiga ega boʻlgan harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur fuqaroning harbiy unvoniga tegishlicha „adliya“ yoki „tibbiy xizmat“ soʻzlari qoʻshiladi.

Rezervdagi, zaxiradagi yoki isteʼfodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishlicha „rezervdagi“, „zaxiradagi“ yoki „isteʼfodagi“ degan soʻzlar qoʻshiladi.

Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek, harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiisteʼmol qilganlik, zimmasiga qonunlar va harbiy ustavlar bilan yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun katta ofitserlar va generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondonining qarori bilan pasaytirilishi mumkin. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan ular ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat uchun hukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan mahrum qilish mumkin.

Manbalar

Turkum:Harbiy unvonlar