Abu Jaʼfar Horun ibn Muhammad al-Mahdiy () yoki oddiygina Horun ibn al-Mahdiy (; yoxud 766 - 809.24.3), Horun ar-Rashid () nomi bilan mashhur — Abbosiylar sulolasining 5-xalifasi. 14-sentabrda Abbosiylar taxtiga oʻtiradi. 786-yildan 809-yil, vafotiga qadar xalifalik qilgan. Anʼanaga koʻra uning hukmronlik davri islom oltin davrining boshlanishi hisoblanadi. „Ar-Rashid“ epiteti „ortodoks“, „adolatli“, „toʻgʻri“ yoki „toʻgʻri yoʻl-yoʻriqli“ degan maʼnoni anglatadi.
Horun hozirgi Iroq poytaxti Bagʻdodda afsonaviy Bayt ul-Hikmat („Donishmandlar uyi“) kutubxonasini tashkil qilgan va hukmronligi davrida Bagʻdod jahon ilm, madaniyat va savdo markazi sifatida ravnaq topganAudun Holme, Geometry: Our Cultural Heritage p. 150.. Hukmronligi davrida Abbosiylar xalifaligini barpo etishda hal qiluvchi rol oʻynagan Barmakiylar xonadoni asta-sekin tanazzulga yuz tutdi. 796-yilda oʻz saroyi va hukumatini hozirgi Suriyadagi Raqqaga koʻchirdi. Mamlakatda Horun otasi Al-Mahdiynikiga oʻxshash siyosat olib bordi. Horun akasi Al Hodiy qamoqqa tashlagan koʻplab Umaviylar va Aliylarni ozod qildi. Qurayshning barcha siyosiy guruhlari uchun amnistiya eʼlon qildi. Vizantiya bilan keng koʻlamli harbiy harakatlar boshlandi. Uning hukmronligi davrida Abbosiylar imperiyasi oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi.
Franklar missiyasi 799-yilda Horunning huzuriga doʻstlik taklifi bilan keldi. Horun Buyuk Karl saroyiga qaytib kelgan emissarlar orqali turli xil sovgʻalar yubordi. Jumladan, Karl va uning mulozimlari sehrgar soat deb atagan va har soatda turli xil ovozlar chiqaradigan soat ham bor ediAndré Clot, Harun al-Rashid and the world of the thousand and one nights, p. 97.Royal Frankish Annals, DCCCVII.Charlemagne: Translated sources, p. 98.. Xayoliy „Ming bir kecha“ning bir qismi Horun saroyida yozilgan boʻlib, undagi baʼzi hikoyalar Horunning oʻzi bilan bogʻliqAndré Clot, Harun al-Rashid and the world of the thousand and one nights.. Horunning hayoti va saroyi boshqa koʻplab ertaklar uchun ham haqiqat, ham uydirma mavzu boʻlgan.
Yoshlik yillari
Horun hozirgi Eronning Tehron viloyatida, Abbosiylar xalifaligi davridagi Jibal tarkibida boʻlgan Rey shahrida tugʻilgan. Uchinchi abbosiy xalifa al-Mahdiy (hukmronligi 775-786 yillar) va uning rafiqasi, eri va oʻgʻillari hukmronligi davrida davlat ishlarida kuchli va mustaqil ayol boʻlgan al-Xayzuranning (yamanlik sobiq choʻri) oʻgʻli edi. Voyaga yetgach, Horun tarix, geografiya, notiqlik, musiqa, she’riyat va iqtisod fanlarini oʻrgangan. Ammo koʻp vaqtini hadis va Qurʼonni oʻzlashtirishga bagʻishlagan. Qolaversa, boʻlajak mujohid sifatida ilgʻor jismoniy mashqlarni bajarib, qilichbozlik, kamon otish bilan shugʻullangan va jang san’atini oʻrgangan. Tugʻilgan sanasi masalasi bahsli. Turli manbalarda tugʻilgan sanasi sifatida 763-yildan 766-yilga qadar koʻrsatib oʻtilgan.
Horun xalifa boʻlishdan oldin, 780 va 782-yilda xalifalikning anʼanaviy dushmani, imperatritsa Irene boshqarayotgan Sharqiy Rim imperiyasiga qarshi yurishlarni boshqargan edi. Oxirgi yurish juda katta tashabbus boʻlib, hatto Konstantinopolning Osiyo qismi chegaralariga ham yetib borgan edi. Musulmon yilnomachisi At-Tabariyning yozishicha, Horun yurishida vizantiyaliklar oʻn minglab askarlarini yoʻqotgan, Horun esa qoʻlga kiritilgan boyliklarni olib ketish uchun 20 000 xachirdan foydalangan. Horun yurishdan Abbosiylar saltanatiga qaytib kelgach, qilichning narxi bir dirhamga, otning narxi bir oltin Vizantiya dinoriga tushgan.
Horunning Vizantiyaga bosqini siyosiy qiyofasini yuksaltirib, yurishdan qaytib kelgach, „Toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi“ degan maʼnoni anglatuvchi „ar-Rashid“ taxallusi berildi. Horun valiahdlikka koʻtarilgach, imperiyaning Suriyadan to Ozarbayjongacha boʻlgan gʻarbiy hududlarini boshqarish masʼuliyati yuklangan.
Xalifalik davri
thumb|right|upright=1.2|Bagʻdod xalifaligi va viloyatlari xaritasi. -yil
Al-Hodiy vafot etgan kechada al-Xayzuran barmakiy Yahyoni zindondan tezda ozod qilib, unga qoʻshinning maoshini toʻlashni, ar-Rashidga bay’at qilish boʻyicha hokimlarga maktublar yuborishni va uni xalifalikka tayyorlashni buyuradi. Ular qoʻshin boshliqlari Harsama ibn Ayon va Xuzayma ibn Xozimni chaqirib, xalifa Horunga sodiqlik qasamyodi qabul qilishlarini soʻradilar. Maʼlumotlarga koʻra, Xuzayma oʻzining 5000 nafar tarafdorlarini yigʻib, qurollantirib, Jaʼfar ibn al-Hodiyni yotogʻidan sudrab olib chiqib, Horun foydasiga oʻz daʼvolaridan ochiqchasiga voz kechishga majbur qilgan. Horun 786-yili yigirma yoshida xalifa boʻldi. Oʻsha paytda Horun baland boʻyli, chiroyli va nozik koʻrinishga ega, ammo kuchli, qalin sochli va terisi zaytun rangli edi. Xalifalikka kirishgan kuni oʻgʻli al-Maʼmun, biroz vaqt oʻtib al-Amin tugʻildi. Ikkinchi farzandi al-Mansurning (Bagʻdod shahri asoschisi) nevarasi Zubaydaning oʻgʻli edi. Ayni shu sabab tufayli ham Amin onasi fors boʻlgan Maʼmundan ustun edi. Xalifalikni qabul qilishi bilan Horun Bagʻdoddagi Ulugʻ masjidda juma namozini oʻqidi. Soʻngra amir al-Moʻminning xalifalikka kirishganidan xursand boʻlganliklarini eʼlon qilib, bayʼat uchun saf tortgan amaldorlar va oddiy xalq oldida chiqish qildi. Horun oʻz hukmronligini qobiliyatli vazirlarni tayinlashdan boshlagan. Ular hukumat ishini shu qadar yaxshi olib bordilarki, natijada xalqning ahvoli sezilarli darajada yaxshilanganNew Arabian nights' entertainments, Volume 3..
Horun ar-Rashid davrida Bagʻdod gullab-yashnab, oʻz davrining eng goʻzal shahriga aylandi. Xalifaning arxitektura, sanʼat va dabdabali hukumat qurilishlarini moliyalashtirishi koʻplab hukmdorlar eʼtirofiga sazovor boʻldi.
796-yilda Horun butun saroyni Furotning oʻrta oqimida joylashgan Raqqaga koʻchirib, u yerda 12 yil hukmronlik qildi. Hanafiy faqihi Muhammad ash-Shayboniyni qozi (sudya) lavozimiga tayinladi, lekin 803-yilda uni lavozimidan ozod qildi. Xalifa Bagʻdodga faqat bir martagina tashrif buyurdi. Raqqaga koʻchib oʻtish qaroriga bir qancha omillar taʼsir qilgan boʻlishi mumkin. Jumladan, hududning Vizantiya chegarasiga yaqinligi, Furot orqali Bagʻdodga va Balix daryosi orqali shimolga va Palmira orqali Damashqqacha boʻlgan qulay aloqa liniyalari, unumdor qishloq xoʻjaligi yerlari, hududning Suriya va oʻrta Furotda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday qoʻzgʻolon holatida strategik ustunligi kabi omillar. Abu al-Faraj al-Isfahoniy oʻz she’rlar antologiyasida saroydagi ajoyib hayotni tasvirlagan. Raqqada barmakiylar imperiya hayotini boshqargan va ikkala merosxoʻr al-Amin va al-Maʼmun oʻsha yerda ulgʻaygan. Bir muddat xalifa saroyi Xuroson poytaxti Ar-Rayga koʻchib oʻtdi. U yerda mashhur filolog va kufon maktabining rahbari Al-Kisoiy oʻz izdoshlari bilan xalifaga hamroh boʻldi. Rayda Al-Kisoiy kasal boʻlib qolganida, Horun uni har kuni ziyorat qilgani aytiladi. Aftidan, ash-Shayboniy va al-Kisoiy 804-yilda bir kunda vafot etgan.
Butun imperiyani boshqarish uchun Horun oʻz ustozi va uzoq yillik hamkori Yahyo ibn Xolid ibn Barmakka tayangan. Rashid ustozini butun ijro etuvchi hokimiyatni nazorat qilgan vazir lavozimiga tayinladi. Shu voqeadan soʻng oʻn yetti yil davomida Yahyo va uning oʻgʻillari ishonib topshirilgan har qanday vazifani sidqidildan bajardilarMasʻūdī, Paul Lunde, Caroline Stone, The meadows of gold: the Abbasids p. 62..
Horun Makkaga tuyada (Bagʻdoddan uzoqlikda) bir necha marta, 793, 795, 797, 802 va oxirgi marta 803-yilda ziyorat uchun borgan. Tabariy Horun saltanati haqidagi maʼlumotlarini shunday soʻzlar bilan yakunlagan: „Horun ar-Rashid vafot etganida davlat xazinasida toʻqqiz yuz million toq (dirham) boʻlgan, deyishadi“.
Shia e’tiqodiga koʻra, Horun 7-imom Muso ibn Ja’farni Bagʻdodda qamoqqa tashlab, zaharlagan.
Ar-Rashid davrida har bir shaharning oʻz huquq-tartibot idoralari bor edi. Ular tartibni saqlashdan tashqari, jamoat bozorlarini, masalan, tegishli tarozi va choralar qoʻllanishini taʻminlash uchun tekshirishlari, qarzlarni toʻlashni majburlash, qimor oʻyinlari, sudxoʻrlik va spirtli ichimliklarni sotish kabi noqonuniy harakatlarga chek qoʻyish bilan shugʻullanishgan.
Horun sanʼat va ilmning buyuk homiysi boʻlib, oʻz saroyi va turmush tarzining beqiyos ulugʻvorligi bilan ham mashhur edi. „Ming bir kecha“dagi ba’zi hikoyalar, ehtimol, dastlabki hikoyalar dabdabali Bagʻdod saroyidan ilhomlanib yaratilgan. Podshoh Shahriyor (uning rafiqasi Shahrizada ertaklarni aytib bergan) obrazi Horunning prototipi boʻlishi mumkin.
Maslahatchilar
thumb|left|Madinat al-Salomda (Bagʻdod) hijriy 170-yil (milodiy 786) zarb etilgan kumush dirham. Orqa tarafdagi ichki qismidagi yozuvda: „Allohning bandasi moʻminlar amiri Horunning buyrugʻi bilan“ deb yozilgan.
Xorun imperiyani boshqarishda 789-yilda vafotiga qadar qudratli onasining irodasi taʼsirida boʻlgan. Xalifa boʻlgach, Horun al-Xayzuranning maslahatlariga amal qila boshladi. Baʼzida ayolining bildirgan istaklarini inobatga olib, oʻz nafsini tiydi. al-Xayzuran esa ishlar nazoratchisi boʻlib ishladi. Yahyo esa al-Xayzuranga boʻysunib, uning maslahatiga amal qildi. Vazir (bosh vazir) Yahyo barmakiy, Yahyoning oʻgʻillari (ayniqsa, Jaʼfar ibn Yahyo) va boshqa barmakiylar toʻliq boshqaruvni amalga oshirgan. Abbosiylar xalifalik saroyida forslarning mavqei ar-Rashid hukmronligi davrida eng yuqori choʻqqiga chiqdi.
Barmakiylar Nava Viharaga mansub buddist ruhoniysi Barmakka borib taqaladigan Eron oilasi (Balxdan) boʻlib, Balx islom tomonidan zabt etilgandan soʻng oila islom dinini qabul qilib, al-Mahdiy hukmronligi davrida juda qudratli boʻlgan. Yahyo Xorunga xalifalikni qoʻlga kiritishda yordam bergan. Yahyo va uning oʻgʻillari 798-yilda xalifa ularni zindonga tashlab, yerlarini musodara qilguniga qadar xalifalikdagi yirik shaxslar edi. Muhammad ibn Jarir at-Tabariy bu voqeani 803-yilda sodir boʻlgan deb, uning turli sabablarini sanab oʻtgan. Jumladan, Yahyo xalifaning huzuriga ruxsatsiz kirishi; Yahyoning keyinchalik Horunning iltifotiga sazovor boʻlgan Muhammad ibn al-Laysga qarshi chiqishi, Jaʼfarning Horun qamoqqa tashlagan Yahyo ibn Abdulloh ibn Hasanni ozod qilishi kabilar.
Barmakiylarning qulashi ehtimoli koʻproq Horunga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblangan harakatlarni sodir etishi (masalan, xalifa saroyiga eʼlon qilinmasdan kirishi) va davlat masalalarida xalifa bilan maslahatlashmasdan qaror qabul qilgani boʻlishi mumkin. Al-Fadl ibn ar-Rabiy Barmakiy Yahyo oʻrniga Horunning bosh vaziri etib tayinlangan.
Diplomatiya
Eyngard ham, Notker Stammerer ham Franklar qiroli Buyuk Karl va Horun hukumatlari oʻrtasida elchilar almashinuvi, xristianlarning muqaddas joylarga kirishi va sovgʻalar almashinuvi boʻyicha doʻstona munosabatlarga kirishganini eʼtirof etishgan. Notker Buyuk Karl Horunga ispan otlari, rangli friz plashlari va mohir ov itlari yuborganini eslatib oʻtgan. 802-yilda Horun Buyuk Karlga shoyi, jez qandil, parfyumeriya, balzam, fil suyagidan shaxmat donalari, rang-barang pardalari boʻlgan ulkan chodir, Abul-Abbos ismli fil va piyola ichiga bronza sharlarni tashlab, shar ortidagi kichik eshiklardan har bir soat uchun bittadan mexanik ritsarlar chiqadigan mexanik suv soatidan iborat sovgʻa yuborgan. Sovgʻalar Gʻarbiy Yevropada misli koʻrilmagan boʻlib, Karolinglar sanʼatiga taʼsir qilgan boʻlishi mumkinLodovico Antonio Muratori, Giuseppe Catalani (1742), Annali d'Italia: Dall'anno 601 dell'era volare fino all'anno 840, Monaco, p. 465. Muratori describes only some of these gifts.. Bu elchilar almashinuvi Horunning Buyuk Karl kabi Kordovadagi Umaviy amirlarini boʻysundirishdan manfaatdor boʻlgani bilan bogʻliq edi. Shuningdek, Vizantiyaga qarshi umumiy adovat Horunni Buyuk Karl bilan yaqinlashtirgan.