Jarkent () — Almati viloyati Panfilov tumanidagi shahar, tuman markazi (1928-yildan). Viloyat markazi — Taldiqoʻrgʻan shahridan janubi-sharqqa tomon 289 km masofada, Almati shahridan shimoli-sharqqa tomon 331 km masofada, Ile daryosi yaqinida joylashgan. Aholisi 41,2 ming kishi (2012).
Aholisi right|300px|thumb|Jarkent masjidi 1999-yili shahar aholisi 32 656 kishini , 2012-yili esa shahar aholisi 41 127 kishini tashkil qildi. Tarixi Jarkentga 1881-yil asos solindiП.Н. Краснов На рубеже Китая Париж 1939г. http://forum.kazarla.ru/index.php?/topic/2690-%d0%bf%d0%bd-%d0%ba%d1%80%d0%b0%d1%81%d0%bd%d0%be%d0%b2-%d0%bd%d0%b0-%d1%80%d1%83%d0%b1%d0%b5%d0%b6%d0%b5-%d0%ba%d0%b8%d1%82%d0%b0%d1%8f/ va 1891-yilda shahar mavqeini oldi. Boshlanishida, asosan, kichik hunarmandlar va savdo-sotiq shahri boʻlgan, 1928-yildan tuman markazi. Shu vaqtda yangi korxonalar ochilib, bunyodkorlik ishlari davom etdi. Shahar 1942 — 1992-yillari Kengash Ittifoqining qahramoni I.V.Panfilovning nomi bilan ataldi. Sanoati Jarkentda qurulish zavodi, non, goʻsht kombinatlari, tikish fabrikasi va boshqa korxonalar faoliyat yuritadi. Jarkent orqali Almati — Qoʻrgʻas — Urumchi avtomagistrali oʻtadi“Qozogʻiston”: Milliy Ensiklopediya/Bosh redaktor A. Nisanbayev – Almati “Qozoq Ensiklopediyasi” Bosh Redaksiya, 1998 . Ijtimoiy soha Shaharda 7 oʻrta maktab, pedagogika maktab, (respublikadagi birinchi oʻquv joylarining biri, 1929-yil ochilgan), masjid, 2 kinoteatr, 3 kutubxona, madaniyat uyi, 3 klub, kasalxona, shifoxona, stadion, avtostansiya, yirik savdo markazi va boshqa mahkamalar bor (1999). Manbalar
Turkum:Qozogʻiston shaharlari Turkum:Almati viloyati
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Qozogʻiston aholi punktlari Turkum:Qozogʻiston qishloqlari Turkum:Panfilov tumani aholi punktlari (Qozogʻiston)