Olgʻa tumani — Oqtoʻba viloyatining shimoliy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 7,1 ming km2. Aholisi 38 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 5,6 kishidan toʻgʻri keladi (2010). Tuman markazi — Olgʻa shahri.

Tarix 1933-yil Klyuchevoy tumani tumani boʻlib tashkil topdi. 1963-yili tuman nomi Olgʻa tumani deb oʻzgartirildi.

Geografiyasi Olgʻa tumanining shimoli-gʻarbida Tasqoʻrali togʻi (balandligi 386,7 m), janubiy-gʻarbida Besoʻba togʻi joylashgan (balandligi 324 m). Ulardan boʻlak Oqquduq, Qoramen, Keruentau, Aqshoʻqi, Qayqi, Yeset, Besoʻba, Qoratepa, Nartau, Tasshoʻqi togʻlari bor. Foydali qazilmalaridan toshkoʻmir, neft, fosforit, qurulish materiallari va boshqalari uchraydi. Tuman hududi orqali Orenburg — Toshkent temir yoʻli, respublika ahamiyatiga ega Oqtoʻba — Atirau avtomabil yoʻli oʻtadi.

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –15 – 16 °С, iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 22 – 23°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 200 – 250 mm.

Sanoati Mineral oʻgʻitlarini ishlab chiqaruvchi Oqtoʻba «Nitroxim», «Neoxim» kimyo korxonalari, non, yogʻ zavodlari faoliyat yuritmoqda.

Manbalar

Turkum:Oqtoʻba viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari Turkum:Algʻa tumani