Ahmad Salmon Rushdiy (, ; t. 19-iyun 1947) britan-hind yozuvchidir. Uning ikkinchi romani, Midnight's Children ("Yarimkecha bolalari"; 1981), 1981-yili Booker mukofotini oldi. Koʻp asarlarida voqealar Hindiston yarim orolida boʻlib oʻtadi. Roman va esselari sehrli realizm va tarixiy janrlarda yozilgan; asarlari Sharq va Gʻarb orasidagi aloqalarga bagʻishlangan.
Uning toʻrtinchi romani, The Satanic Verses ("Shayton oyatlari"; 1988), islom dunyosida janjalga sabab boʻlib, musulmonlar eʼtirozini keltirib chiqardi. 1989-yil 14-fevralida Eron oyatullohi Ruhulloh Xomeyniy Rushdiyni oʻldirishga chaqiruvchi fatvo chiqardi.
Rushdiyga 1999-yil yanvarida Fransiyaning Sanʼat va adabiyot ordeni berildi."Rushdie to Receive Top Literary Award", Chicago Tribune, 7-yanvar 1999-yil. Retrieved 26-mart 2012-yil. 2007-yil iyunida Qirolicha Elizabeth II Rushdiyni adabiyotdagi xizmatlari uchun ritsar-bakalavr unvoniga koʻtardi."Birthday Honours List—United Kingdom", The London Gazette, Issue 58358, Supplement No. 1, 16-iyun 2007-yil. Retrieved 26-mart 2012-yil. 2008-yili The Times uni ellik eng buyuk britan yozuvchilari roʻyxatida oʻn uchinchi oʻringa qoʻydi."The 50 Greatest British Writers Since 1945". The Times, 5-yanvar 2008-yil. Retrieved 1-yanvar 2010-yil. Subscription required.
2000-yildan beri Rushdiy Qoʻshma Shtatlarda yashab, u yerdagi Emory universitetida ishlab kelmoqda.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Ateistlar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Angliyalik erkak aktyorlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar