Avstraliya Stadioni (ingl. Stadium Australia) - Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. 1996-yilda Yozgi Olimpiada Oʻyinlari uchun qurilgan. Hozir 83.500 tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Stadionning sobiq nomi Telstra stadioni edi, keyin homiylik sabablarga koʻra nomi oʻzgarib, ANZ stadioni yoki Avstraliya stadioni deb atala boshlandi, koʻp maqsadli stadion. Stadion qurilishiga 690 milion Avstraliya dollari miqdorida mablagʻ sarflangan, New South Wales regbi klubining uy stadioni hisoblanadi. Futbol klublaridan Sydney FC futbol klubining uy stadioni hamdir. 2003-yili regbi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtgan, har yili milliy regbi ligasining grand finallari mana shu stadionda boʻlib oʻtadi.

Stadion dastlab 110,000 kishiga moʻljallanib dunyodagi eng katta olimpiya stadioni, hamda, Avstraliyaning eng ulkan stadioni boʻladi. 2003-yilgi qayta tamirdan keyin stadionning shimoliy va janubiy qanotlari qisqartiriladi, koʻchiriluvchi oʻrindiqlar oʻrnatiladi. Bu oʻzgartirishlar natijasida stadionning toʻrtburchak maydoniga 83,500 va oval maydoniga 82,500 oʻrindiq ketadigan boʻldi va Avstraliyaning ikkinchi eng katta (Melbourne Cricket Ground maydonidan keyin) stadioniga aylandi.Stadia: Structural Giants Ingenia Magazine, March 2005

Nomining oʻzgarishi Stadionning nomi bir necha bor oʻzgargan, hozirgi Avstraliya nomi avval ham 1999 va 2002-yillar orasida nomlangan edi. 2002-yilda telekommunikatsiya kompaniyasi Telstra stadionga homiylik qiladi va stadion Telstra stadioni deb atala boshlanadi. 2007-yil 12-dekabrda Stadium Australia Group (SAG) ANZ Bank bilan shartnoma imzoladi va stadionning nomi ANZ stadioni deb atala boshlandi. Shimoliy va janubiy oʻrindiqlari ustidagi yopilgan ayvoni kengaytirildi. Hamda, stadionda yoʻlakchalar qurildi.

thumb|left|375px|2006-yilgi jahon chempionati saralash bosqichi mobaynida Avstraliya futbol terma jamoasi Urugvay termasiga qarshi ushbu stadionda oʻynamoqda. thumb|centre|375px|2007-yili Sydney FC futbol klubi Los Angeles Galaxy klubiga qarshi ANZ stadionida oʻynamoqda.

AFC Osiyo kubogi 2015

SanaVaqt (UTC+11)Jamoa #1NatijaJamoa #2RoundTomoshabin10-yanvar 201518:00 1–0 B guruhi12,07813-yanvar 201520:00 0–4 A guruhi50,27615-yanvar 201520:00 0–1 C guruhi22,67219-yanvar 201520:00 1–2 C guruhi4,84123-yanvar 201520:30 1–1 (qarangv, penaltilar: 4–5) Chorak final19,09426-yanvar 201520:00 2–0 Yarim final36,05331-yanvar 201520:00 1–2 (qarangv) Final 76,385

Manbalar

Havolalar

ANZ Stadium rasmiy vebsayt Corporate Events Sydney 2000 Summer Olympics official report.

Turkum:AFC Osiyo kubogi 2015 stadionlari Turkum:Avstraliya futbol stadionlari