Rustam Sodiqovich Azimov (; 20-sentyabr 1958-yil, Toshkent) — "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisiAzimov. Uning otasi — Azimov Sodiq Azimovich — taniqli oʻzbek olimi, akademik.

Tarjimai holi thumb|Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Qodir Gʻulomov (oʻngda) 2003-yil 16-aprel kuni Pentagonda AQSH Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld (old tomonda) bilan uchrashdi. Gʻulomov, Ramsfeld va ikki davlatning boshqa yuqori martabali rasmiylari ikki tomonlama xavfsizlikka oid bir qator masalalarni muhokama qilish uchun uchrashmoqda. Muzokaralarda ikki mudofaa yetakchisi bilan O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Iqtisodiyot vaziri Rustam Azimov ishtirok etdi 1958-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati-oʻzbek.

Oliy maʼlumotli. Toshkent davlat universitetini va Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislik institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

1982-1988 — yillarda Jizzax viloyati va Toshkent viloyati partiya tashkilotlarida turli ijroiya va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

1990-1991 — Oʻzbekiston Respublikasi „Ipak yoʻli“ banki boshqaruv raisi.

1991-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi.

1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.

2000-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri.

2000-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri.

2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.

2005-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.

2008-yil 22-noyabrdan 2016-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari.

2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbariVazirlar Mahkamasining yangi tarkibi.

2017-yildan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.

Manbalar

Yana qarang Amaldagi moliya vazirlari

Turkum:20-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik siyosatchilar Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosarlari Turkum:Oʻzbekiston vazirlari Turkum:Oʻzbekiston Moliya vazirlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar