Sergey Viktorovich Lavrov (Kalantaryan, Kalantarov) (, 21-mart, 1950-yil, Moskva, Rossiya) — 2004-yildan Rossiya Tashqi ishlar vaziri, Rossiya Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzosi.

Hayoti Otasi arman, onasi rus ediСергей Лавров Викторович // ЛентапедияМинистр иностранных дел Российской Федерации // Официальный сайт МИД России. 1972-yilda Moskva davlat xalqaro aloqalar institutini bitirgan. Ingliz, fransuz, singal tillarini biladi. 1972-1976-yillarda — SSSRning Shri Lankadagi elchixonasi attashesi. 1976-1981-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro iqtisodiy aloqalar boʻlimi xodimi. 1981-1988-yillarda — Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi. 1988-1992 — SSSR Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro iqtisodiy aloqalar boʻlimi boshligʻi. 1992-1994 – Rossiya Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari. 1994-2004 – Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili. 2004-yil 4-martda Prezident Vladimir Putin tomonidan Rossiya Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan. 2008-yilda Prezident Dmitriy Medvedev uni yana shu lavozimga tasdiqlagan. 2012-yilda Prezident Vladimir Putin tomonidan yana Rossiya Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan«Зубков стал замом Шувалова в экономической правительственной комиссии», www.zaks.ru, 12.01.2010. 1991-yilgacha KPSS aʼzosi boʻlganЛавров Сергей ВикторовичЭксклюзивное интервью Сергея Лаврова «Вестям» (ноябрь 2009 года). Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar