Oʻzbekiston U-20 futbol terma jamoasi 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan boshqariladi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) aʼzosi.
Tarixdagi natijalari thumb|left|200px|U-20 termasi Ozarbayjonga qarshi, 20-may 2009-yil 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati (U-20), 20 yoshgacha boʻlgan (U-20) Osiyo chempionati va boshqa turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi.
AFC musoboqalari Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi U-20/19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 8 marta ishtirok etgan. Birinchi muvaffaqiyat milliy terma jamoaga 2002-yilda debyut turnirda erishgan. 2017-yilning 2-martida Aleksandr Mochinov 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga (1999-2000-yillarda tugʻilgan) murabbiy etib tayinlangan edi. 2017-yilning 31-oktabr — 8-noyabr kunlari Tojikistonda boʻlib oʻtgan 2018-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash turnirida Mochinov boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi guruhdagi birinchi oʻrinni Tojikiston terma jamoasiga boy berib, final turniriga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi. Shu tariqa, 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2006-yildan buyon ilk bor 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga chiqa olmadi.
Qatar 2002
Qatarda boʻlib oʻtgan qitʼa chempionatida Yaponiya oʻsmirlar terma jamoasi yarim finalda penaltilar seriyasida birinchi boʻlib 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, 4-oʻrinni egalladi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Saudiya Arabistoniga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Oʻzbekiston U-19 futbol terma jamoasi AFC Osiyo yoshlari chempionati musobaqasidagi ilk debyutini Qatarda boʻlgan 2002-yilgi turnirda boshlagan. Oʻsha musobaqada Oʻzbekiston U-19 terma jamoasi chorak finalga chiqqan edi, chorak finalda Suriya terma jamoasini 4-0 hisobida magʻlub etib yarim finalga yoʻllanma olgan edi. Yarim finalda Yaponiya terma jamoasiga 2-4 hisobida magʻlub boʻlgan va uchinchi oʻrin uchun kechgan uchrashuvda ham Saudiya Arabistoni terma jamoasiga magʻlub boʻlgan edi.
Saudiya Arabistoni 2008
2008-yilda Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoa finalda BAA terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, 2-oʻrinni egalladi. Terma jamoaning AFC U-19 Osiyo chempionatidagi eng yaxshi natijasi 2008-yili qayd etildi. AFC U-19 Osiyo chempionati 2008 musobaqasida 2-oʻrinni olgan edi, finalda Birlashgan Arab Amirliklariga 1-2 hisobida yutqazgan.
Xitoy 2010
BAA 2012
2011-yil 8-fevralda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston murabbiylar qurultoyida Ahmadjon Musayev Oʻzbekiston U-18 terma jamoasiga yangi murabbiy etib tayinlandi. Unga 2012-yili 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga (U-18) terma jamoani olib borish vazifasi yuklangandi. Musayev boshchiligida 18 yoshgacha boʻlgan mamlakatimiz terma jamoasi 2012-yilgi U-20 Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, ammo yarim finalda Janubiy Koreya (U-19) yoshlar terma jamoasiga yutqazib, turnir finaliga chiqa olmagan. Janubiy Koreya U-19 jamoasi keyinchalik Osiyo chempioni boʻldi. Turnir natijasida yoshlar terma jamoasi 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻl oldi.
Myanma 2014
2012-yilning dekabr oyi oxirida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasini (U-18) Aleksey Yevstafeyev boshqarib, yoshlar terma jamoasining yangi davrinini boshladi. Bu haqdagi qaror FFU Terma jamoalar markazi Murabbiylar kengashi yigʻilishida qabul qilindi. Yevstafeyev zimmasiga 2014 yilda Myanmada boʻlib oʻtadigan U-19 Osiyo chempionatiga saralash vazifasi qoʻyilgan edi. 2013-yilda U-18 terma jamoasi 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, „A“ guruhida 2-oʻrinni egalladi. 2014-yilning 11-martida Sergey Lushan Alekseydan keyin U-19 jamoasining yangi bosh murabbiyi boʻldi. Yevstafeyev oʻz xohishi bilan lavozimni tark etdi. Sergey Luschan bungacha „Bunyodkor-2“ jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlagan. Lushan ham bu lavozimda uzoq ishlamadi. 2014-yil 6-iyun kuni esa „Bunyodkor“ga bosh murabbiy etib tayinlangani munosabati bilan oʻz lavozimini tark etgandi. Bu lavozimda uning oʻrniga Ravshan Haydarov tayinlandi.
2014-yil 24-iyun kuni OʻFA Ravshan Haydarovni 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinladi. 2014-yil oktabr oyida Myanmada boʻlib oʻtgan 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2014-yilgi Osiyo chempionatida Xaydarov shogirdlari guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, turnirning yarim finaliga qadar etib borgan va Shimoliy Koreya terma jamoasiga 0:5 hisobida magʻlub boʻlgandi. Shunga qaramay, jamoa Yangi Zelandiyada 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatga yoʻllanma oldi.
Bahrayn 2016
Oʻzbekiston 2023
FIFA musoboqalari Oʻzbekiston U-20 futbol terma jamoasi jahon chempionatlarida jami 4 marta ishtirok etib kelmoqda. 2003, 2009-yilgi jahon chempionatlarida guruh bosqichidan kurashni toʻxtatgan boʻlsa, 2013-yili Turkiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida terma jamoa guruh bosqichidan chorak finalga chiqdi. Chorak finalda ular Gretsiya terma jamoasini 3-1 hisobida magʻlub etib yarim finalga yoʻllanma olgan edi. Yarim finalda esa ular Fransiyaga 0-4 hisobida magʻlubiyatga uchragan edi.
BAA 2003
Misr 2009
Turkiya 2013
2013-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan. Ahmadjon Musayev shogirdlari turnirda yaxshi oʻyin koʻrsatishdi: guruhdan chiqqan jamoa 1/8 finalda Gretsiyani 3:1 hisobida magʻlub etdi, ammo chorak finalda turnirning boʻlajak chempioni Fransiya termasiga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. 2013-yil Turkiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatidan soʻng murabbiylar shtabi istefoga chiqarib yuborilgandi.
Yangi Zelandiya
Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Xaydarov shogirdlari ikkinchi oʻrindan chiqib, 1/8 finalda Avstriya terma jamoasini ishonchli tarzda 2:0 hisobida magʻlub etishdi. Musobaqaning chorak finalida Oʻzbekiston Senegal termasiga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa 2013-yilgi jahon chempionatidagi yutugʻini takrorladi, u yerda jamoa turnirning xuddi shu bosqichida toʻxtadi.
Argentina 2023
Musobaqalar
AFC U-19 Osiyo chempionati Yil Natija1992 Isht. etmagan1994 Chiqolmagan1996 Chiqolmagan1998 Chiqolmagan2000 Chiqolmagan2002 Toʻrtinchi oʻrin2004 Chorak final2006 Chiqolmagan2008 Ikkinchi oʻrin2010 Chorak final2012 Yarim final2014 Yarim final2016 Chorak final2018 Chiqolmagan2020 Oʻtkazilmagan2023 Birinchi oʻrin
FIFA U-20 Jahon chempionati Yil Natija 2003 Guruh bos. 2009 Guruh bos. 2013 Chorak final 2015 Chorak final 2023 Nim Chorak final 2023-yil Oʻzbekiston mezbonlik qilgan U-20 Osiyo Kubogida Oʻzbekiston U-20 futbol terma jamoasi final baxsida Iroq U-20 futbol terma jamoasi magʻlub etgan xolda turnir chempionligiga erishdi.
Murabbiylar Viktor Borisov, U20 (2003) Ahmadjon Ubaydullayev, U18- U20 (2007—2009) Marat Kabayev, U18- U19 (2009—2010) Ahmadjon Musayev, U18- U20 (2011—2013) Aleksey Yevstafeyev, U18- U19 (2013—2014) Sergey Lushan, U19 (2014) Ravshan Haydarov, U19- U20 (2014—2015) Jasur Abduraimov, U19- U20 (2015—2016) Aleksandr Mochinov, U18 (2017) Otabek Gʻulomxoʻjayev, U18- U19 (2018—2019) Temur Kapadze, U20- U21 (2021) Ravshan Haydarov, U20 (2021—2023) Farhod Nishonov U18, U20 (2023—
Tarkib U-20 2026-yil 21-may holatiga
Oʻtkazilgan oʻyinlar va natijalar
2023
2024
Yana qarang Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (14 yoshgacha) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (15 yoshgacha) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (16 yoshgacha) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (17 yoshgacha) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (18 yoshgacha) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (20 yoshgacha) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi (23 yoshgacha) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasi
Manbalar
Havolalar Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi FIFA profile: Uzbekistan U-20 at 2009 FIFA U-20 World Cup : Natijalar AFC profile: Uzbekistan uzbekistan-20
Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi Turkum:Osiyoda 20 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoalari