thumb|250px|Persepoldagi fors jangchilari barelyefi Eroniy xalqlar (; ; ) — hind-yevropa tillaridagi oriylar oilasining eroniy tillarida soʻzlovchi, kelib chiqishi umumiy boʻlgan xalqlar. Eroniy xalqlar Yevrosiyo qitʼsidagi eng qadimiy xalqlar oilasidan biri hisoblanadi. Ushbu xalqlarning yuzaga kelishi, eramizdan avvalgi II-mingyillikka borib taqaladi. Eroniy xalqlar rivojlanishi va kichik sub-oilalarga boʻlinishi qadimgi Baqtriya (hozirgi Afgʻoniston, Tojikiston va Oʻzbekiston hududlari) hududida amalga oshgan. Eroniy xalqlarning umumiy soni taxminan 200 million kishini tashkil etadi. Hozirgi paytda Eroniy xalqlar asosan Eron, Afgʻoniston va Tojikiston, qisman Oʻzbekiston, Pokiston, Turkiya, Ozarbayjon, Iroq, Suriya, janubiy Rossiya, Gurjiston va Xitoy hududlarida keng tarqalgan. Ushbu xalqlar eroniy tillarda soʻzlashadi. Eroniy xalqlar tili, madaniyati va tarixi, dunyoda eng koʻp tadqiq qilinadigan ilmiy yoʻnalishlardan biridir. Eroniy xalqlar va turkiy xalqlar tarixi va madaniyati bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Bunga sabab turklar Eron madaniyatini oʻzlashtirgan
Nomi kelib chiqishi „Eroniylar“ yoki „eronliklar“ atamasi, tarixiy va qadimiy „Eron“ () soʻzidan kelib chiqadi. Ushbu atama, qadimiy eron tilidagi a(i)ryāna — yaʼni oriylar yurti soʻzidan kelib chiqgan. Avestiylik tilida esa airyō.šayana „oriylar makoni“, airyå daiŋʹhāwō — „oriylar yurti“, parfiya va soʻgʻdiylar tilida aryān deb nomlangan. Hozirgi paytda, Eron dunyodagi mavjud davlatlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, eroniy xalqlar etnik guruhi nafaqat hozirgi Eron hududida, balki uning tashqarisida ham keng tarqalgan„The Paleolithic Indo-Europeans“ — Panshin.com . Retrieved 4-iyun 2006-yil..
Etnogenezi Eroniy xalqlar kelib chiqishi, eramizdan avvalgi II-mingyillikda, Baqtriya va Margʻiyona (hozirgi shimoliy Afgʻoniston va Pokiston va janubiy Oʻzbekiston va Tojikiston hududlari) hududida keng tarqalgan hindo-eron kontinuumining inqirozga uchrab barham topishi bilan boshlangan. Ushbu inqiroz oqibatida, hindo-oriylar, mintaniylar va vujudga kelayotgan eroniy xalqlar bir-biridan jugʻrofik va lingvistik tomondan uzoqlashib tarqoq holga kelgan.
Eramizdan avvalgi II-mingyillik oxirida, yangi vujudga kelgan eroniy xalqlar guruhlarning baʼzilari Oʻrta Osiyo hududlaridan koʻchib oʻtib, Hindukush, Mesopotamiya, Pomir va boshqa hududlarga oʻrnashishadi. Ushbu koʻchishlar oqibatida yanada koʻplab eroniy etnik guruhchalar yuzaga keladi.
„Eronliklar“ terminining hozirgi maʼnolari Hozirgi paytda „eronliklar“ atamasi asosan zamonaviy Eron davlatida yashovchi xalqlarga nisbatan qoʻllanadi. Shu bilan birga, hozirgi paytda va asosan undan oldinroq, ushbu atama bilan Eron hududidan bir necha marotaba kattaroq boʻlgan hududlarda yashovchi xalqlar nazarda tutiladi. Ushbu katta oʻlkaga Oʻrta Osiyoning janubiy qismi, Afgʻoniston, shimoliy Pokiston, Iroq va Suriya, shuningdek janubi-sharqiy Turkiya kiradi. Baʼzida ushbu hududlar „Katta Eron“ yoki „Buyuk Xuroson“ deb ataladi.
Eroniy tillar Janubi-gʻarbiy tillar Fors tili (forscha, dariy, tojikcha), klassik davri X—XVI/XVII-asrlar. Hozir turli fors-tojik sheʼvalar kontinuumini (birlashmasini) tashkil etadi va uchta adabiy tilga boʻlinadi. Fors tili (asosan Eronda) dariy tili (Afgʻoniston va Pokistonda) Tojik tili (Tojikiston va MDHning boshqa mamlakatlarida) Ushbu kontinuumga qattiq farqlanadigan hazoralar va choraymoqlar tillari, shuningdek: Tat tili Lur-baxtiyoriylar tillari Lur tili Baxtiyoriy tili Fars sheʼvalari Lar sheʼvalari Kurdushli tili Qumzoriy tili
Shimoli-gʻarbiy tillar Kurd tilari kurmanjiy soraniy feyliy lokiy Daylamiy tillari guroniy (avrumoniy) zazaki (dimliy) Kaspiyoldi tillar gilyon tili mozandaron tili velatru tili shomirzodiy tili Ozariy † — turkiy tillar tufayli oʻchgan Ozarbayjon hududidagi qadimiy til va ularning hozirgi lokal qoldiqlari: tolish tili tat tili kilit tili † Semnon tillari — xilma-xil lokal sheʼvalar: semnon tili sangisar tili semnon yerlari tillari Markaziy eroniy guruh markaziy eroniy tillar sivandiy tojrishiy † «Sharqiy» hudu baluj tili ormuriy parochiy
Janubi-shaqriy tillar Afgʻoncha tillar Pushtu tili (pashto, paxto) (afgʻoncha) Pomir tillari vohon tili munjon tili sargʻulom tili † Janubiy Pomir tillari ishkoshim tili sanglich tili zebak tili † Shimoliy Pomir subguruhi yozgʻulom tili vanj tili † Shugʻnon-rushon tillari shugʻnon tili rushon tili bartang tili xuf tili roʻshorv tili sarikoʻl tili
Shimoli-sharqiy Yagʻnob tili (sugʻd tilidan kelib chiqqan va ushbu tilga juda oʻxshash) Alan tili † Osetin tili (kudarja va ksancha - Janubiy Osetiyada, ironcha va digorcha - Shimoliy Osetiyada) Yass tili †
Tarixi Qadimgi eroniylar Eramidan avvalgi I-mingyillik oxirida eroniy xalqlar katta hududlarga tarqalib, Oʻrta Osiyo, Eron togʻligi, Hindukush, Hind, Kavkaz va boshqa joylarda oʻrnashib olishadi. Quyida qadimiy koʻchmanchi va koʻchmanchi boʻlmagan eroniy xalqlar koʻrsatilgan: Koʻchmanchi boʻlmagan va yarimkoʻchmanchi xalqlar qadimgi forslar midiyaliklar parfiyaliklar oriylar margʻiyonliklar baqtriyaliklar soʻgʻdiylar xorazmiylar sagʻartiyaliklar satagʻotiyliklar zarangʻiyonliklar araxoziyliklar Koʻchmanchi xalqlar saklar massagetlar dahlar parnalar skiflar sarmatlar yaziglar roksolanlar alanlar eftaliylar xioniylar
Vujudga kelishi Hozirgi eroniy xalqlar va ularga qardosh baʼzi turkiy xalqlar vujudga kelishi bir nechta davrlarda yuz bergan: Eramizdagi III-asrda eroniy koʻchmanchilar dezintegratsiyasi va ularning baʼzi turkiy va slavyan xalqlar bilan assimilyatsiyasi. Shimoliy Kavkaz hudularida XIII—XIV-asrlarda Moʻgʻullar istilosi va Amir Temur yurishlari oqibatida yangi vujudga kelgan va rivojlanishi toʻxtagan, biroq saqlanib qolgan alanlar etnosining davochilari — osetinlar vujudga kelishi. Oʻrtafors, keyinroq esa yangi fors tilining butun Katta Eron hududiga tarqalishi va koʻpgina xalqlarning ushbu tilni qabul qilishi. Ushbu assimilyatsiya oqibatida fors tilining yangi sheʼva va turlarining vujudga kelishi. Hamadondan Fargʻonaga qadar umuniy fors-tojik tilining vujudga kelishi va ushbu hududlardagi aholining bir-birini tushunishni boshlashi. Tatlarning kichik lingvistik ajraluvi. Kurdlar tomonidan Zagros togʻligi, shimoliy Mesopotamiya va Armaniston togʻligini ekspansiya qilishi va oʻrnashishi. Daylamiylar tomonidan Kaspiyoldi hudud ekspansiyasi va ushbu ekspansiya oqibatida zazalar va goʻroniylarning gʻarbga koʻchishi va kurdlar bilan assimilyatsiyasi. Hozirgi Ozarbayjon hududida eroniy tillarga mansub ozariy tilining yakun topishi va uning oʻrniga oʻgʻuz-turkiy va eroniy tillardan tashkil topgan ozarbayjon tilining tarqalishi, ozariy tilning esa tat va tolish tillarida chuqur iz qoldirishi. Yarimkoʻchmanchi eroniy xalqlarning Goʻrgondan koʻchishi va buning oqibatida balujlar Balujistonning vujudga kelishi. Pushtunlarning hozirgi Afgʻonistonning gʻarbiy va shimoliy tomonlariga tarqalishi. thumb|160px|Fors qizi
Yangi vujudga kelgan turkiy tillarning ekspansiyasi va butun Oʻrta Osiyoda uzoq davom etgan eroniy tojik tilining boshqaruvi tugashi va uning Oʻrta Osiyo janubida va janubi-sharqida, shuningdek shimoliy Afgʻonistonda gegemoniyasi qolishi. Eroniy madaniyatga ega va boshqa turkiy xalqlardan farqli oʻlaroq koʻchmanchi boʻlmagan oʻzbek etnosining vujudga kelishi.
Hozirgi eroniy xalqlar 200px|thumb|right|Pushtun — Afgʻoniston sobiq Prezidenti Hamid Karzay thumb|right|200px|Baluj dehqoni Forslar (fors., dariy ایرانیها، تاجیکها fårsån, pårsån, irånihå) — eng asosiy va katta eroniy xalql. Forslarning umumiy soni har xil hisob-kitoblarga koʻra 40 milliondan 90 milliongacha kishini tashkil etadi va asosan Eron, qisman Afgʻoniston, Turkiya va boshqa davlatlarda keng tarqalishgan. Asosan islom dinining shialik mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Tojiklar (dariy ایرانیها، تاجیکها fårsån, tåjikhå, tojik. forson, toҷikho) — forslarga juda yaqin qarindosh boʻlgan va ulardan til, tuzilish va madaniyat boʻyicha juda kam farqlanadigan eroniy xalq. Tojiklarning umumiy soni qariyb 20—25 million kishini tashkil etadi va asosan Tojikiston, Afgʻoniston, qisman Oʻzbekiston, Eron va Rossiyada keng tarqalgan. Asosan islom dinining sunniylik mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Pushtunlar, baʼzida afgʻonlar (pusht. پښتون, gʻarbda paṣ̌tún, sharqda paxˇtún) — sharqiy-eroniy xalq. Koʻplari yarimkoʻchmanchi. Eroniy pushtu tilida soʻzlashishadi. Asosan Afgʻonistonning janubiy va sharqiy qismida, shuningdek shimoliy va gʻarbiy Pokistonda keng tarqalgan. Pushtunlarning umumiy soni qariyb 42—45 million kishini tashkil etadiPashtun Ethnic Agenda at Heart of Afghan War. Pushtunlar asosan islom dinining sunniylik mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Pashaiylar, baʼzida lagʻmoniylar (fors. پشهای) — janubi-sharqiy eroniy xalq. Asosan Afgʻonistonning Qobul va Qunar daryolari va togʻliklarida, Pokistonning Haybar-Paxtunxva viloyatida keng tarqalgan. Pashaiylar soni taxminan 100 000 kishini tashkil etadihttp://www.sil.org/asia/ldc/parallel_papers/ju-hong_yun.pdf. Asosan pashaiy tilida, shuningdek dariy va pushtun tillarida soʻzlashishadi. Dini va eʼtiqodi boʻyicha pashaiylar asosan islom dinining sunniy mazhabiga mansub, baʼzilari esa shia mazhabining ismoiliy oqimiga mansub. Kurdlar (kurd. Kurd /کورد, Kurmancî /کورمانجی) — gʻarbiy-eroniy xalq. Asosan hozirgi Turkiya janubi-sharqi, sharqiy va shimoliy Iroq, gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy Eron, shimoliy va sharqiy Suriyada keng tarqalgan. Qabilali boʻlinishlarga ega boʻlib, kurd tilining turli sheʼvalarida soʻzlashishadi. Ushbu sheʼvalar ikki katta guruhga: kurmanji (shimoliy kurd tili) va sorani (janubiy kurd tili) sheʼvalariga boʻlinadi. Kurdlar etnosiga shuningdek zazalar va goʻroniylar ham qoʻshiladi. Kurdlar soni taxminan 35—40 million kishini tashkil etadiCIA: 14 million in Turkey, 6.2-6.5 million in Iraq, 6.5-7.7 million in Iran (all for 2011), plus several million in Syria, neighboring countries, and the diasporaThe Kurds: culture and language rights (Kerim Yildiz, Georgina Fryer, Kurdish Human Rights Project; 2004): 18 % of Turkey, 20 % of Iraq, 8 % of Iran, 9.6 %+ of Syria; plus 1-2 million in neighboring countries and the diasporaSandra Mackey, „The reckoning: Iraq and the legacy of Saddam“, W.W. Norton and Company, 2002. Excerpt from pg 350: „As much as 25 % of Turkey is Kurdish.“. Dini va eʼtiqodi boʻyicha asosan islom dinining sunniy mazhabiga, shuningdek shia va alaviy mazhabi, yezidizm va xristian diniga boʻlinadi. Balujlar (baluj. بلوچ balōč) — yarimkoʻchmanchi sharqiy-eroniy xalq. Asosan qabilalarga boʻlinadi va balujlarning soni taxminan 10 million kishini tashkil etadi. Asosan Pokistonning Balujiston provinsiyasi, Afgʻonistonning janubi-sharqiy qismi va Eronning Siston va Balujiston ostanida keng tarqalgan. Balujlar asosan islom dinining sunniylik mazhabiga mansub hisoblanishadi. Mozandaronlar va Gilaklar (mozand. مزرونی، تاپوری mazruni, topuri, gilak. گیلک giläk) — forslarga yaqin qarindosh hisoblanadigan eroniy xalqlar. Eronning shimoliy qismidagi Mozandaron va Gilon ostanlarida, Kaspiy dengizining janubiy qirgʻoqlari atrofida keng tarqalgan. Mozandaronlar soni taxminan 4 million, gilaklar soni esa taxminan 2—3 million kishini tashkil etadi. Ushbu ikki xalqning tillari Eronda hech qanday maqomga ega emas va ular fors tili sheʼvalaridan biri deb hisoblanadi. Ikkala xalq ham islom dinining shialik mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Lurlar va Baxtiyoriilar (fors. لر، بختیاری lor, baxtiyårī) — yarimkoʻchmanchi eroniy xalqlar. Asosan Eronning gʻarbiy qismida keng tarqalgan. Fors tili sheʼvalarida soʻzlshishadi. Lurlar soni taxminan 4—8 million kishini, baxtiyoriilar soni esa taxminan 150—200 ming kishini tashkil etadi. Asosan islomning shia mazhabiga eʼtiqod qilishadiEncyclopedia Britannica.