Davron Hoshimov (1992-yili 24-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan) — o'zbekistonlik futbolchi, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon futbol klubi himoyachisi hisoblanadi.
Faoliyati
Klubda Davron Hoshimov Paxtakor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2015-yilning mart oyiga kelib u Paxtakor tarkibida jami 68ta oʻyinda qatnashdi va raqiblar darvozasini 5 marta ishgʻol qildi. 2010-yilning oxirigacha „Paxtakor“ shogirdlari safida toʻp surgan, 2011-yil boshidan esa asosiy jamoaga jalb etila boshlagan. U 2017-yil oxirigacha „Paxtakor“da oʻynadi. 2018-yil boshida u Namanganning „Navbahor“ jamoasiga koʻchib oʻtgandi. 2019-yilgi mavsum Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga taklif etildi. Bir mavsum Temiryoʻlchilar safida toʻliq harakat qilgan Hoshimov, 2020-yilgi mavsumning 2-davrasidan yana Lochinlar safiga qaytdi. Hozirgi kunda Namanganning „Navbahor“ jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 2024-yil yanvar oyida Namangan jamoasini tark etgan.
Terma jamoada 2011—2012-yillarda Oʻzbekiston yoshlar va olimpiya terma jamoalarida toʻp surgan. 2013-yildan boshlab u mamlakat terma jamoasiga jalb qilina boshladi va u 2017-yilgacha oʻynadi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2013-yilning 15-noyabrida Vyetnam terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2015-yilning martiga qadar u terma jamoada ikkita oʻyinda maydonga tushdi. 2015-yilning yozida terma jamoani Samvel Babayan boshqarganidan soʻng, Hoshimov terma jamoa oʻyinlariga muntazam ravishda chaqirila boshladi va koʻp hollarda terma jamoaning asosiy tarkibiga tushdi. 2017-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 16 ta oʻyin oʻtkazgan.
2019-yil 2-fevral holatiga koʻra Terma jamoaYilOʻyinGolOʻzbekiston2013-yil202014-yil202016-yil802017-yil502018-yil202019-yil30Umuman220
Yutuqlari Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014, 2015 Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2010 Oʻzbekiston chempionati bronza medali shohibi: 2011 Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2025
Manbalar
Havolalar Davron Hoshimov Soccerway saytida Davron Hoshimov Footballfacts saytida Davron Hoshimov Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Kattaqoʻrgʻon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari