Viktor Aleksandrovich Verjbitskiy (1959-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, rus teatr va kino aktyori, teleboshlovchi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2011)Указ Президента Российской Федерации от 21 марта 2011 года № 336, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist„Velikaya magiya“ na sayte Teatra imeni Pushkina„Beshenie dengi“ na sayte Teatra imeni Pushkina.
Biografiyasi 1959-yil 21-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Polyak bobosining familiyasini olgan.
Verjbitskiyning soʻzlariga koʻra, uning bolaligi sahna ortida oʻtgan – buvisi teatrda liboslar dizayneri boʻlib ishlagan. Shu bois u kasb tanlash haqida koʻp oʻylamasdi. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutiga oʻqishga kirdi. Sahna dizayni boʻlimida tahsil olgan. 1996-yilda Moskvaga koʻchib oʻtdi va Lvov-Anoxin boshchiligidagi Yangi drama teatriga qabul qilindi.
1998-yildan 2005-yilgacha – Et cetera teatrida aktyor. Pushkin nomidagi Moskva drama teatrida ishlagan.
Ajrashgan. Isroilda Aleksandr ismli oʻgʻli yashaydi.
Mukofotlari
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2004). MTV Russian Movie Awards 2006 – yilning eng yaxshi yovuz qahramoni. MK mukofoti, 2009-yil 25-noyabr. Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2011).
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Sovet erkak aktyorlari Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari