Alisher Abdujalilovich Otaboyev (1947-yil 17-aprel Margʻilon shahrida tugʻilgan) – Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Fargʻona viloyati hokimi, 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Hayot yoʻli Alisher Otaboyev 1947-yil 17-aprel Margʻilon shahrida tugʻilgan. Fargʻona politexnika oliygoxini muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Fargʻona viloyati hokimi, 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlgan.

2000-yil 15-yanvarda Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga uning nomzodini Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov koʻrsatgan va Fargʻona viloyati xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan edi.

Viloyat hokimi vazifasiga tayinlanguncha 1997-yildan 15-yanvar 2000-yilgacha Fargʻona viloyati hokimining 1-oʻrinbosari, undan avval esa 1997-yilgacha Fargʻona shahar hokimi lavozimida ishlagan.

2000-yil oktyabrdan 2004-yilgacha 174-sonli Beshariq saylov okrugidan 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlib saylangan. Fargʻona viloyati xalq deputatlari kengashi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan.

Sovet davrida Fargʻona mexanika zavodi bosh muhandisi soʻngra direktori lavozimida ishlagan.

Oʻzbekistonning Mustaqilligini 11-yilligi munosabati bilan Alisher Otaboev Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2002-yild 27-avgustagi Farmoniga asosan, Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasi va Vatan uchun qilgan mehnatlari yuksak baholanib, „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlanganUkaz o nagrajdenii v svyazi s odinnadsatiletiem nezavisimosti Respubliki Uzbekistan.

Oilasi Xotini – Raʼno Mahmudovna Qosimova. 2 ta oʻgʻli: Mahmud (1976), Sardor (1978) va nevaralari bor.

Mukofotlari „El-yurt hurmati“ ordeni (Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 27 avgust 2002 yildagi Farmoni).

Manbalar

Havolalar Tsentraziya Personi Xokimi oblastey Uzbekistana Situatsiya pod kontrolem

Turkum:Oʻzbekiston siyosatchilari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Fargʻona shahar hokimlari Turkum:Oʻzbekiston muhandislari Turkum:Oʻzbekiston davlat arboblari Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:Margʻilonda dafn etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar