Fargʻona xalqaro aeroporti – Fargʻona viloyatining Fargʻona shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Bu aeroportdan xorijga va mahalliy yoʻnalishlarda parvozlar amalga oshiriladi, 1938-yil tashkil etilgan va oʻsha yildan boshlab aeroportdan havo kemalari ucha boshlagan. Aeroportga Uzbekistan Airports kompaniyasi egalik qiladi. Oʻzbekiston havo yoʻllari milly aviakompaniyasining dastlabki yillarida havo kemalari faqat mahalliy yoʻnalishlarda harakatlana boshlagan keyinchalik esa uzoq masofaga uchuvchi Boeing havo kemalari olib kelingandan keyin xorijga boradigan reyslar amalga oshirila boshlagan.
1992-yil 4-fevraldagi VMQ-44-sonli qaror bilan Fargʻona aeroporti yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston havo yoʻllari tarkibiga kiritilgan.
2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-sonli prezident farmoni bilan Oʻzbekistondagi aeroportlarni boshqarish uchun Uzbekistan Airports kompaniyasi tashkil etildi va Fargʻona aeroporti ham yangi kompaniya tarkibiga kiritildi.
Ishlash jarayoni Aeroportning geografik joylashuviga koʻra qulay maskanda qurilgan, havo kemalarining uchib ketish va qoʻnishi uchun katta qulayliklar yaratadi. Uchish qoʻnish maydoni tekis beton bilan qoplangan va uning raqami 18/36 va oʻlchamlari esa eniga 50 metrni boʻyiga esa 2862 metrni tashkil etadi. Aeorportning butunlay taʼmirdan chiqarilgandan keyin unda yana koʻplab havo kemalarini qabul qilish imkoniyati paydo boʻldi. Xalqaro talablarga javob berish darajasi bilan u ICAO ning II – darajasini qoʻlga kiritgan, bu esa xalqaro nomdagi aeroport nomiga toʻliq mos keladi. Oʻzbekiston havo yoʻllari kompaniyasi tarkibiga kiradigan barcha aeroportlarni ishlash tizimi va boshqarish menejmentini yanada rivojlantirish toʻgrisidagi qarorga muvofiq Fargʻona viloyatidagi aeroportda sifat menejmentini yaxshilash tizimi joriy etilgan. Kompaniyani xizmat koʻrsatish jarayonini yanada yuksaltirish uchun 2015-yilda yangi ish rejasi ishla chiqilgan. Kompaniya tomonidan 2014-yilda oʻtkazilgan kengashda aeroport Russkiy registr-Srednyaa Aziya sertifikatlashtirish kompaniyasing xulosalariga koʻra ISOning barcha talablariga javob berishi aniqlandi va 3 yilga amal qiladigan sersifikat taqdim etildi. Oʻzbekiston havo yoʻllari kompaniyasining parvozlar xavfsizligini taminlash va terminallarni yanada aniqroq ishlashini taʼminlash toʻgrisidagi qaroriga koʻra Fargʻona xalqaro aeroportiga yangi xavfsizlikni taminlovchi moslamalar olib kelingan (2013). Aeroportni bosqichma-bosqich rivojlantirish yoʻlida 2009-yildan boshlab kompaniya hududida taʼmirlash va qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Infratuzilmasi Aeroportning ichida katta kutish zali, valyuta almashtirish xonasi, bir nechta doʻkon, tibbiyot xonasi, Vip kutish xonalari aviakassa, ovqatlanish joylari va yoʻlovchilarga maʼlumot ulashuvchi monitorlar joylashgan. Aeroportdan shahar markazigacha boʻlgan masofa esa 10 kmni tashkil etadihttp://uz.yellowpages.uz/company/9056 company/9056.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Statistika +Fargʻona xalqaro aeroportining yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi (2023–2025)YillarYoʻlovchilar soniYoʻlovchilar sonining oʻzgarishi, %daParvozlar soniParvozlar sonining oʻzgarishi, %daManbalar2023 422 212 4 113 2024 582 652 38,0% 5 676 38,0% Passajiropotok aeroportov Uzbekistana viros na 30%2025 693 397 19,0% 5 996 5,6%
Manbalar
Havolalar Fergana Airport AviaPages.ru saytida Fergana aeroporti UTKF uchun aeronavtika jadvali SkyVectorda
Turkum:Fargʻona bino va inshootlari