Yevgeniy Semyonovich Sklyarevskiy (; 20-oktyabr, 1956-yil; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbekistonlik taniqli jurnalist va bloger. Oʻzbekistonning eng taniqli blogerlaridan biri. Qator internet loyihalar muallifi.
Yevgeniy Sklyarevskiy 1973—1978-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. 20 yil davomida aviatsiya zavodida murakkab detallar ishlash boʻyicha texnolog-hisobchi boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinroq 5 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining „Maxsus avariya — tiklash boshqarmasida“ (MATB) buxgalteriya, mulk hisobchisi va saytida faoliyat yuritdi. 2003-yilning oktyabr oyidan Uzdunrobitada sistema va informatsion texnologiyalar xizmatida mutaxassis lavozimida, 2004-yilning avgustidan „Infocom.uz“ jurnalida faoliyat yuritishni boshlaganezhe.ru: Sklyarevskiy Yevgeniy Semenovich.
1998-yildan kompyuterlar haqidagi turli jurnallarda, jumladan Oʻzbekistonning „Kompyutel“, „Infocom.uz“, Rossiyaning „Hard’nʼSoft“, „Kompyuterra“ va „Domashniy kompyuter“ jurnallarida maqolalari chop etila boshlagan.
2000-yildan „Arbuz — zanimatelniy mir“ loyihasini olib boradi. 2005-yilda „Domen-uz“ loyihasi bilan „ROTOR“da „Yil tadqiqotchisi“ nominatsiyasida uchinchi oʻrinni, 2006-yilda esa ikkinchi oʻrinni egallagan.
Yevgeniy Sklyarevskiy „Provayderi Tashkenta“, „Izumrudniy gorod“, „Chistaya lenta novostey“, „Barbaris“, Blog „Arbuzniy“, „Pisma o Tashkente“, „Tsellofan Uzneta“, „Domen-uz“, „Informatsionniy bum“, Studiya „ETYuD“, „Moya sitoembriologiya“, „Xlopkovodstvo“ kabi qator internet loyihalar muallifi.
Sklyarevskiy Vikipediyada ishtirok etmasa-da, ushbu loyihaga katta qiziqish bilan qaraydiYevgeniy Sklyarevskiy: Vikipediya — glavniy proekt Interneta, perevernuvshiy nashe predstavlenie ob informatsii. U Vikipediyani, xususan oʻzbekcha Vikipediyani tahrir qilishga va uni toʻldiriga undab keladi. Ushbu fikrlarning birida U: „Oʻzbekcha Vikipediya hozir Vikipediya boʻlimlari ichida 95-oʻrinni band etib turibdi va bizdan yuqori oʻrinlarni umuman hech kim bilmaydigan „yovvoyi“ tillar egallagan“, deb aytgan ediYevgeniy Sklyarevskiy: Uzbekskaya Vikipediya podrastaetVchera russkoy Vikipedii ispolnilos 8 let. V svyazi s etim xotel eщe raz napomnit, chto uzbekskiy razdel zanimaet 95 mesto po kolichestvu statey i nas obgonyayut sovershenno „dikie“ i neizvestnie nikomu narodi.. Bir necha marotaba baʼzi oʻzbekistonlik vikipediyachilardan radiointervyular olgan. Yevgeniy Sklyarevskiy 2007-yilda oʻzbekcha Vikipediyaning ilk majlisida jurnalist sifatida qatnashgan ediVikimajlis 2007.
Manbalar
Havolalar Ye. Sklyarevskiy — Pro Uznet Yevgeniy Sklyarevskiy: „Imeet smisl tolko to, chto povishaet obщiy uroven znaniy chelovechestva…“ Yevgeniy Sklyarevskiy: „Yesli u vas est staraya nenujnaya vaza i vi napishete o ney — obyazatelno naydutsya lyudi, kotorim eto interesno“ Facebookdagi sahifasi Livejournaldagi blogi arbuz.xnet.uz: Domashnyaya stranichka Sklyarevskogo Yevgeniya Pro lyudey Uzneta Qoʻshimcha maʼlumot
Turkum:Oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkum:Oʻzbekistonlik blogerlar