Zafarobod () – Oʻzbekiston Respublikasi Navoiy viloyati Konimex tumaniga qarashli shaharcha (2018-yildan) Yaqin temir yoʻl stansiyasi Konimex (32 km), tuman markazidan 72 km uzoqlikda joylashgan. Shaharcha tumanning shimoli-sharqida, Navoiy—Uchquduq katta yoʻli yoqasida. Aholisi 5,8 ming kishi (2002), asosan oʻzbeklar, qozoq va ruslar ham bor. Maʼmuriy, madaniy tashkilotlar, umumiy taʼlim maktablar, avtokorxona, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Zafarobod 2018-yil 28-sentabrgacha Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani tarkibiga kirdi.Decree 28 September 2018 № PS-338-III , Senate of Uzbekistan.https://uza.uz/uz/posts/onlayn-bukhoro-viloyatining-izhduvon-tumanidagi-zafarobod-r--28-09-2018

Zafarobod shaharchasida „Navoiyuran“ korxonasining yirik uran ishlab chiqarish boʻlinmalaridan biri „Zafarobod“ kon boshqarmasi (sobiq 5-kon boshqarmasi) joylashgan. Ichimlik suvi Navoiy shahridan tortib kelingan. Gaz va elektr bilan yaxshi taʼminlangan. Soʻnggi yillarda aholi maʼlum bir qismi bu hududni tark etib, viloyat markaziga koʻchishni afzal koʻrmoqda. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston:Shaharchalar Turkum:Konimex tumani